Prezident yangi qiyofa kasb etgan ”Chashma” tarixiy majmuasida boʻlib, ziyolilar bilan suhbatlashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yili Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida Nurota tumanidagi “Chashma” ziyoratgohi atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy mehmonxona qurish yuzasidan koʻrsatmalar bergan edi.

16:49 12.03.2019
“Mirziyoyev gapidan keyin yuqori rutbali IIV xodimlari uchastka noziriga aylanmoqda” nomli maqolaga rasmiy munosabat bildirildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan “Mirziyoyev gapidan keyin yuqori rutbali IIV xodimlari uchastka noziriga aylanmoqda” nomli maqolaga rasmiy munosabat bildirildi.

16:44 12.03.2019
Rossiya aviakompaniyasi Oʻzbekistondan samolyot sotib olmoqchi

Rossiyaning “Yakutiya” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga Il-114-100 rusumidagi oltita samolyotni sotib olishni taklif qildi. Ularning qiymati trenajyorlar, qoʻshimcha asbob-uskunalar va ehtiyot qismlari bilan birgalikda 50 million dollarni tashkil etadi.

16:03 12.03.2019
“Lukoyl” Qoraqalpogʻistondagi ulkan hududni oʻrganadi

Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi Oʻzbekistonda yangi uglevodorod konlarini ochishga umid bildirmoqda. Kompaniya mamlakat shimoli-gʻarbiy hududini oʻrganish boʻyicha bitim imzolagan.

15:49 12.03.2019
Kanadaliklar Navoiyda oltin izlaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi raisi Bobir Islomov rahbarligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Kanada konchilar va geologorazvedkachilar uyushmasining xalqaro togʻ-kon sanoati koʻrgazmasi(PDAC)da ishtirok etdi. Mazkur yirik forum 3-6 mart kunlari Toronto shahrida boʻlib oʻtdi.

15:18 12.03.2019
“Sirdaryoda madaniyat va sanʼat kuni” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda

Bugun Sirdaryo viloyatida Madaniyat vazirligi tomonidan Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda “Sirdaryoda madaniyat va sanʼat kuni” loyihasi asosida maʼnaviy–tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

15:12 12.03.2019
Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universitetida oʻzbekistonlik talabalar ham bormi?

Qoraqalpoq davlat va Kaspiy davlat texnologiya va muhandislik universitetlari oʻrtasida malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

10:52 12.03.2019
Pokiston havo boʻshligʻining yopilishi aviachiptalar narxiga qanday taʼsir qiladi?

Pokiston havo boʻshligʻining yopilishi natijasida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” xarajatlari ikki barobar koʻpaygan.

10:47 12.03.2019
Oʻtgan yilda prokuratura xodimlariga jami 57,5 ming dollar hamda 48 mln 885 ming soʻm pora taklif qilingan

Paxtachi tuman prokuraturasi (Samarqand viloyati) tomonidan tuman IIB qoʻriqlash boʻlimi xodimiga faol qarshilik koʻrsatgan bir guruh shaxslarga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari oʻtkazish davomida, 08.03.2019 yilda fuqaro X.M. tuman prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish oʻrganuvchi D.B.ning xizmat xonasiga kelib,...

10:36 12.03.2019
Prezident Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12 mart kuni Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi.

10:15 12.03.2019
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

08:59 12.03.2019
Oʻzbekiston birinchi Airbus A320neo samolyotini qabul qilib oldi. Unda butun Markaziy Yevropa boʻylab uchsa boʻladi

Bugun Toshkent xalqaro aeroportiga zamonaviy Airbus A320neo samolyoti kelib qoʻndi. U Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi parkida shunday rusumda paydo boʻlgan ilk laynerdir.

18:12 11.03.2019
Samarqandda tarqatilgan tovuq goʻshtida inson salomatligiga zarar yetkazuvchi qariyb 160 turdagi mikrob va bakteriyalar aniqlandi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining “Ulugʻbek” MFYda istiqomat qiluvchi Umar Ortiqov maxsus ruxsatnomasiz Urgut tumanidan oʻzi yashayotgan tumanga tovuq goʻshti yetkazish bilan shugʻullanib kelgan.

18:02 11.03.2019
Din ishlari boʻyicha qoʻmita: yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuygʻular hurmat qilinishi shart

Internet, ijtimoiy tarmoqlar biz yashayotgan asrni olamshumul va tasavvurga sigʻmaydigan qiyofada namoyon etmoqda. Bugungi kunga kelib bir insonning qarashlari jamiyatning boshqa aʼzolariga va hattoki, butun jamiyatga taʼsir etmay qolmayapti.

17:40 11.03.2019
Oʻzbekistonlik professional bokschilar Janubiy Koreyada ringga chiqishadi

Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator oʻzbekistonlik professional bokschilardan ikki nafari 17 mart kuni ringga chiqadi.

17:01 11.03.2019
Xalqaro festival doirasida ilmiy-amaliy seminar boshlandi

Fargʻona tumanidagi viloyat hokimligi “Qabullar uyi”da xalqaro festivalning“ Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminari boshlandi.

16:44 11.03.2019
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi “yashil yoʻlak”lar soni 11 taga yetkazildi

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida qishloq xoʻjaligi boʻyicha Oʻzbekiston — Rossiya ishchi guruhining III yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Rossiya delegatsiyasiga qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Sergey Levin boshchilik qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

16:16 11.03.2019
Sogʻliqni saqlash vaziri: “Oʻzbekistonda har yili 700 ming nafar homilador ayollar yuz foiz skrining tekshiruvi bilan qamrab olinadi”

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 dekabrda qabul qilingan “2018 – 2022 yillar davrida bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori bilan bolalarda genetik sindromlarni erta tashxislash, nasliy kasalliklarga qarshi ommaviy skrining tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan...

14:32 11.03.2019
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi arzonlashda davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 12 martdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

14:12 11.03.2019