Bayramga eng yaxshi sovgʻa

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar kutubxonasi” loyihasi doirasida mustaqilligimizning 28 yillik bayrami munosabati bilan poytaxtdan yoʻlga chiqqan “Kitoblar karvoni” Namanganga ham yetib keldi. Bir guruh kitob ixlosmandlari turli adabiyotlardan iborat “Prezident sovgʻasi”ni tantanali kutib oldilar.

17:11 22.08.2019
Oʻzbekistonda 2025-yilgacha energetika tizimida muqobil energiya manbalari ulushini 20 %ga yetkazish moʻljallanmoqda

2019-yilning 19-avgust kunidan beri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov boshchiligidagi delegatsiya Songdo shahrida (Koreya Respublikasi) Yashil iqlim fondini dasturlashtirish boʻyicha global konferensiyada ishtirok etmoqda.

16:10 22.08.2019
Birja orqali sotilgan avtoraqamlarning hajmi 245 mlrd. soʻmdan oshdi

“OʻzRTXB” AJning “AVTORAQAM” elektron savdo platformasi ishga tushirilgan paytdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining boʻlinmalari tomonidan 245,0 mlrd soʻmdan yuqori 50 mingta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bitta bitimning oʻrtacha qiymati 5,0 mln soʻmni tashkil etdi.

16:08 22.08.2019
Xitoyda Oʻzbekiston fuqarosi narkotik moddalarni tarqatish va saqlash boʻyicha sud qilinmoqda

2019-yilning 19-avgust kuni mamlakatimizning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi vakillari Hanchjou shahar (Chjeszyan provinsiyasi) Fuqaro ishlari boʻyicha ikkinchi instansiyasi xalq sudida 8-yanvar kuni hibsga olingan Oʻzbekiston fuqarosi M.S.ning sud ishida qatnashdi. Unga nisabatan narkotik moddalarni tarqatish va saqlash boʻyicha ayblov...

16:00 22.08.2019
Buxoroda “Temur tuzuklari bilimdoni” viloyat bosqichi yakunlandi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi hamkorligida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi tashkil etilgan.

15:46 22.08.2019
Oʻzbekistonda qatorasiga ikkinchi kun soʻm yanada mustahkamlandi

22-avgustda ham valyuta birjasidagi savdolarda milliy valyuta 1 AQSH dollari uchun 9371 soʻmgacha mustahkamlandi.

15:42 22.08.2019
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari bilan uchrashdi

2019-yilning 22-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Devid Heylni qabul qildi.

15:41 22.08.2019
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari “Ramzan Qodirov” masjidi ochilishida qatnashadi

22-avgust kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning taklifiga binoan Shali shahrida bunyod etilgan muhtasham “Ramzan Qodirov” masjidining ochilish tadbirida ishtirok etish uchun ushbu davlatga joʻnab ketdi.

15:32 22.08.2019
Andijonda shifokorga suiqasd va benzin sepish voqeasi yuzasidan SSV axborot berdi

Sogʻliqni saqlash vazirligi shu yil 21-avgust kuni Andijon viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazida shifokorlarga bemorning qarindoshi tomonidan suiqasd uyushtirilishi, shifokorlar xonasiga benzin sepib, xonaga oʻt qoʻyib yuborishga uringanlik holatini ming afsus bilan qayd etadi.

15:15 22.08.2019
DXX va IIB xodimlari tomonidan neft mahsulotlarini talon-taroj qilib kelgan uyushgan guruh qoʻlga olindi

2019-yil 16-avgust kuni “Gazlineftgazishlabchiqarish” MCHJning Qorakoʻl tuman IIBga murojaat qildi. Unda 15-avgust kuni ushbu MCHJ ga qarashli “Qulbeshkak” gazni kompleks tayyorlash qurilmasi joylashgan choʻl massividan oʻtgan diametri 325 mm boʻlgan gaz quvuridan 8.833 tonna gazokondensat mahsuloti oʻgʻirlanganligi bildirilgan.

14:13 22.08.2019
Jizzaxda bir qizning oʻlimiga sabab boʻlgan attraksion toʻliq bitmagan holda olib kelib oʻrnatilgan — Davlat qoʻmitasi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Istirohat bogʻlarida attraksion qurishda xavfsizlik choralari: muammo va yechimlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

14:12 22.08.2019
Shayxontohur tumanida 4 ta uy yonib ketdi

22-avgust kuni soat 02:50da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Huvaydo” MFYda joylashgan 31, 51, 33 va 42-uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

14:08 22.08.2019
Kecha banklar qancha naqd pul sotdi?

21-avgustdan Oʻzbekiston banklari xorij valyutasini naqd shaklda sotishni boshlagan edi. Banklarda xorij valyutasini sotib olish boʻyicha hech qanday cheklov yoʻqligi haqida xabar bergan edik. Faqat valyuta sotib olish uchun shaxsni aniqlash amaliyotidan oʻtish zarur.

14:06 22.08.2019
Senatda OAV vakillari va blogerlar ishtirokida media-tur boʻlib oʻtdi

Joriy yil 22-avgust kuni, yigirma birinchi yalpi majlis arafasida Oliy Majlis Senatida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, televideniye, radio, matbuot, internet nashrlari vakillari hamda blogerlar ishtirokida media-tur boʻlib oʻtdi.

12:07 22.08.2019
Qozogʻiston Oʻzbekistonga yirik shoxli chorva sotishni cheklamaydigan boʻldi. Faqat...

Avvaliga barcha turdagi chorva mollarini sotishga taqiq qoʻyish haqida oʻylangan edi, keyin bu fikr oʻzgardi.

11:57 22.08.2019
Bolalarni emlash pullikmi?!

Ushbu savol hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi oʻrtasida uchrab turadigan eng dolzarb savollardan biri hisoblanadi. Bolalarda faqat “Gepatit A” (xalq tilida “sariq kasalligi”) dan tashqari barcha kasalliklarga qarshi emlash mutlaqo bepul, xavfsiz va qulay, deb yozadi OʻzA.

11:16 22.08.2019
Gulistonda balandligi 65 metrlik davlatimiz bayrogʻi oʻrnatildi

Bugun Guliston shahridagi “Yurt bayrogʻi” maydonida Oʻzbekiston Respublikasining purviqor bayrogʻini oʻrnatishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

11:14 22.08.2019
Oʻzbekistonliklar endi Xanti-Mansiysk avtonom okrugida oshpaz boʻlib ham ishlashlari mumkin

2019-yilning 14-avgust kuni Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatorining birinchi oʻrinbosaridan umumiy ovqatlanish sohasida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishda xorijiy fuqarolariga 2019-yilda qoʻyilgan qoʻyilgan cheklov olingani toʻgʻrisida rasmiy tushuntirish oldi.

11:12 22.08.2019
Oʻzbekiston Rossiya avtomobillari importi boʻyicha yetakchiga aylandi

2019-yil birinchi yarmi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlar ichida Rossiya avtomobillarini xarid qilish boʻyicha yetakchiga aylandi.

10:45 22.08.2019
Oʻzbek yozuvchisining asari AQSHda nashr qilindi

Oʻzbek yozuvchisi Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romani AQSHning nufuzli “Mazda Publishers” nashriyoti tomonidan ingliz tilida kitob holida chop etildi hamda ayni paytda ham AQSHda, ham xalqaro “Amazon” internet savdo maydonchasida oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilindi.

10:42 22.08.2019