“Boysun baraka chevarlari” ish boshladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari koʻp hududlar tanlab olinib, uzoq qishloq ayollarining bandligini taʼminlashga erishilmoqda.

20:15 23.10.2019
Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi koʻrib chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga muntazam yetkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

20:10 23.10.2019
AQSH savdo vaziri U.Ross bilan ushrashuv

Joriy yilning 22-oktyabr kuni Vashingtonda Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda AQSH savdo vaziri U.Ross oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

15:53 23.10.2019
Yana avtolizing bilan bogʻliq muammo

“2018-yil 14-oktyabr kuni meni mobil telefonimga SMS keldi. SMSni oʻqib koʻrsam, 1 yildan 5 yilgacha muddatga, yillik 8% dan 16 % gacha, 30 % oldindan toʻlov bilan avtomobil va uy-joylarni olib beramiz, degan xabarni oʻqidim. Telefon orqali “Umid avtolizing” bilan...

13:45 23.10.2019
Sirdaryolik mikroavtobus haydovchilari bilan yuzaga kelgan muammo boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki bugun mamlakatimizda foydalanish muddati 15 yildan oshgan 351 ta avtobus mavjud.

12:35 23.10.2019
“Xalq soʻzi” muxbiri Pekindagi SHHT brifingidan xabar qiladi

Ayni paytda Pekinda joylashgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyatida joriy yilning 1-2-noyabr kunlari Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashining navbatdagi yigʻilishi yuzasidan brifing boʻlib oʻtmoqda.

12:19 23.10.2019
Prokuror va yoshlar uchrashuvi

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Yoshlar markazida “Vatan kelajagi yoshlar qoʻlida “ shiori ostida prokuror va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

12:07 23.10.2019
Andijondagi qalʼa nimasi bilan ahamiyatli? (Foto)

Andijon viloyatida ziyorat maskanlari koʻp. Shu bois hududda ichki sayyohlik salohiyatini oshirish imkoniyatlari bisyor. Biroq, tarixiy obidalar kam. Bu esa chet ellik mehmonlar eʼtiborini jalb qilish uchun biroz toʻsqinlik qiladi. Axir, har qanday xorijlik mamlakatning tarixiga qiziqadi! Lekin Andijon shahrida...

10:38 23.10.2019
Ruminiya universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida Ruminiyaning Kluj-Napoka qishloq xoʻjalik fanlari va veterinariya meditsinasi universiteti professori Ionika Anjela xonim ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikkala taʼlim dargohi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

10:32 23.10.2019
Karting boʻyicha Toshkent shahar ochiq Kubogi ikkinchi (final) bosqich musobaqasi oʻtkazildi

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Rohat” kartodromida karting sporti boʻyicha Toshkent shahar ochiq Kubogi birinchi bosqich musobaqasi oʻtkazildi. Unda Toshkent shahar, Guliston, Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatlari sport klublari sportchilari oʻzaro kuch sinashdi.

10:29 23.10.2019
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida (yangi tahriri)

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

10:21 23.10.2019
Qonunchilik palatasi: Eskirgan meʼyor va qoidalarni yangilash hayotiy zarurat

Parlament quyi palatasining joriy yil 22-oktyabr kuni oʻtkazilgan majlisida aholi bandligini taʼminlash borasida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan qator vazifa va topshiriqlarni oʻzida qamrab olgan yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasi qizgʻin kechdi.

10:07 23.10.2019
Kyoko Nakayama: “Yaponiya hukumati va tadbirkorlari mamlakatingizda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholamoqda”

Yaponiya hukumati taklifiga binoan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Yaponiyaning yangi Imperatori Naruxitoning taxtga oʻtirishi munosabati bilan tantanali tadbirda ishtirok etmoqda.

10:06 23.10.2019
Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

22-oktyabr kuni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi. Unda viloyat hokimi Toʻra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining macʼul xodimi Abdulla Tursunov ishtirok etdi.

09:57 23.10.2019
Muslim Women in Travel 2019: Oʻzbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar oʻntaligidan joy oldi

“Mastercard” moliya tashkiloti va “CrescentRating” agentligi tomonidan eʼlon qilingan hisobotga koʻra, Oʻzbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar qatoridan oʻrin oldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

09:56 23.10.2019
Moviy koʻzli atom mega-loyihasi

Biz, oʻzbekistonliklar belaruscha mehmondoʻstlik va umuman ushbu mamlakat haqida nimalarni bilamiz? Brest qahramonlari, Belovej oʻrmoni, Yakub Kolas, “Syabri” (“Doʻstlar” ansambli), oʻsha yerda ishlab chiqarilgan yuk mashinalari va traktorlar haqida eshitganmiz, xolos. Menimcha, asosiy bilganlarimiz roʻyxati shu boʻlsa kerak.

17:52 22.10.2019
Минерал вата ишлаб чиқаришда минтақа лидери бўладиган Angren Insulation заводи ташкил этилди

Минерал вата – қурилиш саноатида бино деворлари, шифтидан тортиб пойдеворигача иссиқликни сақлаш воситаси сифатида доимий фойдаланилмоқда. Чунки шундай қопламалар исталган бинонинг иссиқликни сақлашида яхши натижа кўрсатади ва бинони иситиш учун камроқ энергия сарфланишига сабаб бўлади.

16:28 22.10.2019
Suriyadan qaytgan ayol: “Men Vatanimga xoinlik qildim, ammo farzandlarim tinch va osuda osmon ostida — Vatanimizda yashashini xohlayman”

Qarshi shahridagi kasb-hunar kollejlarining birida tahsil olgan, 1993-yil tugʻilgan yosh qizlarimizdan biri oʻzbek yigitini sevib qolib, u bilan avval Rossiya davlatiga ketadi. Rossiyadan Turkiyaga, undan soʻng esa Suriyaga oʻtib ketgani haqida gapirib berdi.

16:27 22.10.2019
Oʻz ijodidan koʻchirmani velosipedi tufayli tanigan fotorassom

Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining aʼzosi, fotorassom Sultonboy Dehqonovning Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida “Ona yurt ilhomlari” deb nomlangan fotokoʻrgazmasi namoyish etildi.

16:23 22.10.2019