Yana 20 ta davlat uchun vizasiz rejim, “Ochiq osmon”, “Oʻzbekiston turistik magistrali”... Yurtimizda turizm sohasi yanada rivojlantiriladi

Davlatimiz rahbari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilindi. Mazkur hujjat asosida yurtimizga xorijdan tashrif buyuruvchi turistlar uchun yana qator qulayliklar yaratish belgilab berildi.

17:49 13.08.2019
Bojxonachilar avtomashina oʻrindigʻi ostiga yashirilgan toʻppnochani olib kirishga uringan shaxsni toʻxtatib qolishdi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyuldagi “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq , fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ruxsatnomalariga koʻra amalga oshiriladi.

17:47 13.08.2019
Murod Xontoʻrayevni pichoqlagan shaxslarga sud hukmi eʼlon qilindi

2018-yilning 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Toshkent savdo markazi” (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi boʻyicha jahon chempioni Murod Xontoʻrayev pichoqlab ketilgandi.

16:58 13.08.2019
Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun korxona rahbari jinoiy javobgarlikka tortildi

Sergeli tumanida joylashgan MCHJlarning birida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinmayotganligi aniqlandi.

12:32 13.08.2019
Oʻzbekistonda zaʼfaron plantatsiyalari maydoni qancha?

Saksonota oʻrmon xoʻjaligida shafran (zaʼfaron) oʻsimligi tuganak piyozlarini ekish va parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar toʻgʻrisida koʻrgazmali-amaliy seminar boʻlib oʻtmoqda.

12:26 13.08.2019
Boshlangʻich tashkilot yetakchiligidan hokim oʻrinbosari lavozimiga koʻtarilgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlaridagi Boshlangʻich tashkilot yetakchilari faoliyatini muvofiqlashitirish boʻlimi mudirlari uchun 2 kunlik oʻquv-seminar tashkil etildi.

12:25 13.08.2019
Oʻzenergoinspeksiya: elektr energiyasi uchun 6 yarim milliard soʻmdan ziyod pul mablagʻlari undirildi

Respublika boʻyicha 8 950 ta isteʼmolchilarga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirilib, 20 245 928 kVt.s. elektr energiyasi uchun ulardan 6 582 662 613.74 soʻm miqdorida pul mablagʻlari undirildi.

12:20 13.08.2019
Arzon narxda valyuta olaman deb, 460 mln. soʻmidan ayrildi

Poytaxt ichki ishlar organlariga 41 yoshli Abdulla U. murojaat qilib, oʻz arizasida 34 yoshli Istora N.ga nisbatan chora koʻrishni soʻragan. Istora Abdullaga 460 000 000 soʻm pullarni bankdan “arzon” narxda – 7 000 soʻmdan hisoblab, 65.700 AQSH dollarini olib berishini...

12:15 13.08.2019
Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi fuqarolarimiz huquqlarini qay darajada himoya qilmoqda?

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan islohotlar sharofati bilan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik yangi darajaga koʻtarildi, siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy munosabatlar faollashdi. Qoʻshma korxonalar qurilayotir, minglab oʻzbekistonliklar Rossiyada oʻqimoqda va ishlayapti, ushbu mamlakatga turistlar hamda mehmonlar sifatida tashrif...

12:10 13.08.2019
NNT rahbarlari uchun mahorat darslari oʻtkazildi

Yaqinda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va Respublika OITSga qarshi kurash Markazi hamkorligida ikki kunlik oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

11:25 13.08.2019
Dollar kursi 9000 soʻmga yetdi

Oʻzbekiston banklari 13-avgustdan boshlab dollarni 9000 soʻmdan sotishni, 8940 soʻmdan sotib olishni boshladi. Oxirgi toʻrt kunda banklarda dollar kursi kamida 100 soʻmga qimmatlashgan, deb yozadi Spot manbasi.

10:09 13.08.2019
Fermer xoʻjaliklari uchun yer qanday ajratib beriladi?

Fermer xoʻjaliklari uchun yer ajratib berish tuman hokimining qarori boʻyicha oʻtkaziladigan ikki bosqichli tanlov asosida amalga oshiriladi.

10:06 13.08.2019
Mutaxassis: “Nima uchun tibbiyot xodimi boshini egib birovning eshigini taqillatib borishi kerak?”

“Oʻzbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Munosabat” koʻrsatuvida tibbiyot sohasi mutaxassisi ana shunday savollarni oʻrtaga tashladi.

10:05 13.08.2019
Oʻzbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari xufyona bozori hajmi 6,8 mlrd. dollarga baholandi

2019-yilning birinchi yarmi yakunlari boʻyicha xolding korxonalarida umumiy ishlab chiqarish hajmi 18,2 trln. soʻmni tashkil etgan boʻlsa, bu borada yillik hajm taxminan 38 trln. soʻmga teng boʻlishi kutilyapti.

10:02 13.08.2019
Floyd Meyvezer oʻzbekistonlik yakkakurashchini dunyodagi eng yaxshi jangchi deb atadi

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer oʻzbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodovni dunyodagi eng yaxshi MMA jangchisi deb atadi. U bu haqda Instagramʻdagi sahfasida yozgan.

09:53 13.08.2019
Prezident: “Joylardagi rahbarlar esa oʻzini qiynamay, mahalliylashtirish ustida ishlash oʻrniga osongina import qilishga oʻrgangan”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust kuni videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgani haqida xabar bergandik. Unda Videoselektorda yana bir muhim soha – mahalliylashtirishni kengaytirish masalasi atroflicha tahlil qilindi.

09:52 13.08.2019
Samarqanddagi “zapravka”da kelib chiqqan yongʻinning taxminiy sababi aytildi

2019-yilning 12-avgust kuni soat 17:27da Samarqand shahri Rudakiy koʻchasi 5-uyda joylashgan “Avtogaz-Invest” oilaviy korxonasiga qarashli koʻp yoqilgʻili avtomobillarga suyultirilgan gaz va benzin yoqilgʻisini quyish shoxobchasida yongʻin boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

09:50 13.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi bilan uchrashdi

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi, deb xabar berdi OʻzA.

09:46 13.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

Turkmanboshi shahrida oʻtayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

09:45 13.08.2019
60 ming dollar pora olgan tayloqlik IIB xodimi uzoq muddatga qamoqqa yoʻl oldi 

Jinoyat ishlari boʻyicha Tayloq tuman sudida 60 ming dollar pora bilan qoʻlga tushgan Tayloq tuman IIB inspektorining jinoiy harakatlari yuzasidan sud ishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Kun.uz xabar qildi.

09:44 13.08.2019