Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisi oʻz ishini yakunladi

Parlament yuqori palatasi aʼzolari beshinchi yalpi majlisda Istiqbolli turizm yoʻnalishida Oʻzbekiston xalqaro imijini oshirish choralari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.

17:30 19.06.2020
Oʻzbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 5920 nafarga yetdi

Yana uch hududda aholi orasida kasallik qayd etildi

17:21 19.06.2020
Senat Oʻzbekistonning birinchi ayol elchisini tasdiqladi

Senatorlar Feruza Yuldashevna Maxmudovani Oʻzbekistonning Isroil davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

17:06 19.06.2020
Senat hukumatga chiqindilar bilan bogʻliq muammolar boʻyicha parlament soʻrovi yubordi

Bugun boʻlib oʻtayotgan Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasiga chiqindilar bilan bogʻliq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

16:49 19.06.2020
Oʻzbekistonda joriy yil 1-choragida YTH oqibatida halok boʻlganlar soni 4,7 foizga koʻpaygan. Nima uchun?

Gap shundaki, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida bir qator oʻta jiddiy kamchilik va muammolar aniqlandi.

16:33 19.06.2020
Samarqandda qiymati 2 trln. 385 mlrd. soʻmlik 16 ta loyiha boʻyicha ishlar hamon boshlanmagan

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida Samarqand viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitildi.

16:26 19.06.2020
Buxoroda xodimlarning 75 nafari ogohlantirildi, 51 nafari xayfsan oldi. Nega?

Buxoro viloyat, tuman va shahar Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obyektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyati tizimli oʻrganilmoqda. Koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish orqali aniqlangan kamchiliklar...

16:20 19.06.2020
Adliya vazirining axboroti eshitildi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar uchun har haftalik huquq va majburiyatlar kuni, umumtaʼlim maktablari yuqori sinflari uchun huquq asoslari hamda tarbiya fanlari haftasiga 1 soatdan oʻqitilishi, oliy taʼlim muassasalari oʻquv rejalarida tegishli maʼnaviyat fani 78 soat oʻqitilishi belgilangan boʻlsa-da, ularning ilmiy...

15:00 19.06.2020
Bosh prokuratura vakillaridan iborat delegatsiya Yevroosiyo guruhi yalpi majlisida ishtirok etdi

Bugun, 2020-yil 19-iyunda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Moliya vazirligi vakillaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhining videoanjuman shaklida tashkil etilgan 32-Yalpi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda...

14:46 19.06.2020
“Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi toʻgʻrisida”gi Qonun Senat tomonidan nega rad etildi?

Bugun Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan rad etildi.

14:30 19.06.2020
Hind investorining loyihasi asosida Navoiy shahrida Delhi world school maktabi ochiladi

Delhi world school xususiy tayyorlov maktabining hind investori tomonidan taqdim etgan loyihasi Navoiy viloyat hokimligi tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, ushbu taʼlim dargohi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun Navoiy shahrida boʻsh turgan binolardan biri ajratib berildi.

13:21 19.06.2020
Xalqaro hamjamiyatning teng huquqli aʼzosi boʻlish yoʻlidagi navbatdagi muhim qadam

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Boʻgʻuvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qoʻllanilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi Protokolga (Jeneva, 1925-yil 17-iyun) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni koʻrib chiqildi.

13:13 19.06.2020
Senat aʼzolari yana bir muhim Qonunni maʼqulladi

Senatning beshinchi yalpi majlisida “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019-yil 29-aprel) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ham muhokama qilindi.

13:11 19.06.2020
Senat Raisi ota-onalarga murojaat qildi

Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan soʻzlari ahamiyati bugun oshgan boʻlsa oshganki, aslo pasaygan emas.

13:09 19.06.2020
Dori vositalarini notibbiy maqsadda ishlatish yoshlarimiz, qolaversa, millat kelajagiga raxna solishi aniq

Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yil davomida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari noqonuniy aylanishi boʻyicha kelib tushgan murojaatlar asosida, qariyb 50 ming oʻram dori vositasi musodara qilingan.

12:52 19.06.2020
“Soʻnggi ikki yilda tez yordam mashinalarining oʻz vaqtida yetib kelmasligi oqibatida 48 mingdan ortiq oʻlim holati yuz bergan”

Tanzila NARBAYEVA, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi: Soʻnggi ikki yilda tez yordam mashinalarining oʻz vaqtida yetib kelmasligi oqibatida 48 mingdan ortiq oʻlim holati yuz bergan. Oxirgi uch yilda haydovchilar tomonidan maxsus avtotransport vositalariga yoʻl bermaslik bilan bogʻliq 700 dan...

12:24 19.06.2020
Ikkitadan kodeks va qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Ular nima beradi?

Senatning beshinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ham muhokama markazida boʻldi.

12:19 19.06.2020
Yangi Qonun bilan qanday oʻzgartishlar kiritilmoqda?

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni parlament yuqori palatasi beshinchi yalpi majlisida muhokama markazida boʻldi.

12:03 19.06.2020
“Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

12:00 19.06.2020