Senatorlar parlament soʻroviga berilgan javobdan qoniqdimi?

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning nogironligini aniqlash masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.

13:58 21.10.2020
Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi

Parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Senatining 2020-yil 19-iyundagi tegishli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi.

13:54 21.10.2020
Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi

Oliy Majlis yuqori palatasining oltinchi yalpi majlisida qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturasiga parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisida...

12:56 21.10.2020
Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi Afgʻonistonda Oʻzbek tili kunini nishonlashda ishtirok etdi

Bosh vazir oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarligidagi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasi Afgʻoniston Islom Respublikasiga tashrifi doirasida Kobul shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbek tili kunini nishonlash bayram tantanalarida ishtirok etdi. Afgʻoniston tomonidan tadbirda Prezident Ashraf Gʻani hamda...

12:37 21.10.2020
Aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi talab darajasida emas. Hukumatga parlament soʻrovi yuborildi

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashdagi muammolar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.

12:26 21.10.2020
“Matbuot va axborot erkinligi bobida Oʻzbekiston hamon eng salbiy baho olmoqda” sarlavhali maqolaga rasmiy munosabat bildirildi 

Suhbat davomida B.Karimovdan aynan qaysi bosmaxona qaysi idoradan “Adabiyot” gazetasini chop etmaslik toʻgʻrisida topshiriq olgani haqida soʻralganda, u biror-bir aniq maʼlumot yoki dalil taqdim etmadi (suhbat jarayoni bayonlashtirilgan). Agarda u OAV huquqlari buzilgan deb hisoblasa, tegishli tartibda sudga murojaat qilishi...

12:21 21.10.2020
Senat Raisi: Oʻzbekistonning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzoligiga saylanishi nafaqat sharaf, balki juda katta masʼuliyat hamdir

– Ogʻir sharoit boʻlishiga qaramasdan hududlarimizni obod qilish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Birgina Sardobadagi bunyodkorlik ishlarining oʻziyoq, mamlakatimizda inson manfaatlari har narsadan ustun ekanligini yana bir bor namoyon etdi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, bugungi...

12:15 21.10.2020
11 ta qonun va 2 ta kodeks talablari Soliq kodeksiga moslashtirilmoqda

Jumladan, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi kabi qonunlar va Byudjet kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan.

12:11 21.10.2020
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Rustam Shodiyev vafot etdi

"Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, taniqli olim, iqtisodiyot fanlari doktori, sobiq Mehnat vaziri oʻrinbosari, turizm sohasi rivojiga katta hissa qoʻshgan mutaxassis, professor Rustam Xamidovich Shodiyevning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziyamizni izhor etamiz.

12:04 21.10.2020
8 oyda oʻtkir tigʻli predmetlardan foydalangan holda 542 ta jinoyat sodir etilgan. Yangi Qonun shu bilan bogʻliq muammolarni hal etishga qaratilgan

Misol uchun, 2017–2019-yillarda 10065 ta sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan predmet, shundan 6835 tasi, yaʼni 68 foizi pichoqlar. 2020-yilning 6 oyida esa 14957 ta sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan predmet, shundan 12762 tasi yoki 85 foizi pichoq va...

11:53 21.10.2020
Oʻzbekistonda 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqidagi taklifga munosabat bildirildi

"Mamlakatimiz avtomobil yoʻllarida sodir etilgan avtohalokatlar tahliliga nazar tashlar ekanmiz, 18 yoshga toʻlgan oʻgʻil-qizlar tomonidan haydovchilik guvohnomasini olib, yoʻl-transport hodisasini sodir qilayotganlar ham kam emas. Raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida haydovchilik guvohnomasini olganiga 2 yil...

11:46 21.10.2020
Senatorlar Qonunni rad etdi

Majlisda ushbu Qonun Senat qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari va ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilishi jarayonida uning ayrim moddalari qoʻyiladigan talablarga javob bermasligi aniqlanganligi qayd etildi.

11:27 21.10.2020
Romitanlik 133 fuqaroning ommaviy sayyor qabuldan koʻngli toʻldimi?

Tumanimizning Mugʻoncha mahalla fuqarolar yigʻini Alamdor qishlogʻida yashovchi Guliruxsor Jumayeva oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish izlab ancha ovora boʻldi. Nihoyat, yaqinda uning tashvishi yengillashdi. 11-son umumtaʼlim maktabiga boshlangʻich sinf oʻqituvchisi vazifasiga ishga joylashtirildi. Endi uning buguni va ertasidan koʻngli toʻq. Faqat...

11:05 21.10.2020
Senatda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi tashkil etildi. Unga Boriy Alixonov rais etib saylandi

Parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisi kun tartibidan oʻrin olgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalariga oid faoliyatini yana-da takomillashtirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

10:44 21.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari saylandi

Yalpi majlis kun tartibidan oʻrin olgan bir qator tashkiliy masalalar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosarini saylash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

10:33 21.10.2020
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini tabrikladi

Siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

10:17 21.10.2020
“Oʻzligimiz timsoli – ona tilim” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Mazkur yoʻnalishdagi ishlarni keng targʻib qilish, yoshlarini vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, tizimda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 10-sentyabridan 10-oktyabrigacha boʻlgan vaqt oraligʻida Vazirlik taʼlim muassasalarining kursant (tinglovchi) va oʻquvchilari oʻrtasida...

10:15 21.10.2020
Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator etib tayinlandi

​​​​​​​Shavkat Mirziyoyev 20-oktyabr kuni Alixanov Boriy Batirovich va Umarov Nariman Madjitovichlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

10:11 21.10.2020
Maktablarda ona tili soatlari koʻpaytiriladi

“Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

10:05 21.10.2020