Oʻzbekistonda nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilash masalasi koʻrib chiqildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.

16:51 16.08.2019
AOKA ham Kun.uz saytida eʼlon qilingan material yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Matn va unga ilova qilingan videolavhada Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari Kun.uz tahririyati muxbirlariga nomunosib, qoʻpol muomalada boʻlgani, hatto kamerani olib qoʻyish tahdidi bilan tajovuz qilgani aks etgan.

16:24 16.08.2019
Maktab binosi qurilishi chala-yarim holda tashlab ketilgani boʻyicha fuqarolar shikoyatiga Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi qanday javob berdi?

“OAVdagi murojaat matni quyidagicha: “Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Xalqobod qishlogʻidan yozmoqdamiz. 2018-yilda 28-oʻrta taʼlim maktabining filiali qurila boshladi. Ammo qurilish ishlari chala holda qolib ketdi.

16:17 16.08.2019
Bir shaxs ikkita jinoyat ishi yuzasidan oqlandi

Kegeyli tumanida yashovchi fuqaro unga tegishli deb koʻrilgan ikkita jinoyat ishi yuzasidan oqlandi.

16:12 16.08.2019
“Chorsu” ning chirogʻini kim yoqadi?

Goʻzal Toshkentimiz kundan-kunga chiroy ochmoqda. Poytaxtning qush parvozi yuksakligidan olingan tasvirini kuzatsangiz, zavqingiz oshadi, gʻururingiz joʻsh uradi.

16:10 16.08.2019
Namangandagi “Xurmatxon aya” qabristoni hududi torayib ketganmi? Davergeodezkadastr qoʻmitasi vaziyatni oʻrgandi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar, Gulobod mahallasida joylashgan “Hurmatxon aya” qabristoni uchun ajratilgan yer maydoni qariyb 4 marotaba torayib ketganligi toʻgʻrisidagi video eʼlon qilingan edi. Mazkur holat Davergeodezkadastr qoʻmitasi tomonidan oʻrganildi.

14:54 16.08.2019
Q.Doʻstmuhamedova: “AQSHda “Tanovar” va “Buyuk ipak yoʻli” ansambllari tuzildi”

Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi tomonidan Vashingtonda oʻzbek raqs sanʼatini oʻrganish boʻyicha uch kunlik dastur tashkil etildi. Unda 10 ta shtatdan oʻzbek xalqi tarixi, madaniyati va koʻp asrlik qadriyatlariga qiziquvchi yigirmaga yaqin tinglovchi ishtirok etdi.

14:39 16.08.2019
IIV 51-son manzil-koloniya mahkumi boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqida tarqatilgan xabar Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi. Maʼlum boʻldiki, Toshkent shahrida joylashgan 51-son manzil-koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni foydali mehnatga jalb etish maqsadida “UY JOY...

13:57 16.08.2019
Boysun tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosiga boshqa tashkilotlar noqonuniy joylashtirilganmi? XTV ushbu holatni oʻrganib chiqadi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi “Tuzbozor” mahallasida yashovchi nafaqadagi oʻqituvchi Hakim Poʻlatov murojaatnomasini oʻz vakolati doirasida oʻrganib chiqadi va tegishli davlat organlariga masalani hal etish uchun yuboradi.

13:29 16.08.2019
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ oʻz mijozlarini firibgarlar haqida ogohlantirdi

Unda shunday deyilgan:“Sizga maʼlum qilamizki, ayni paytda, baʼzi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida Samsung Galaxy S10mobil telefonini yutib olish imkoniyati mavjudligi borasida amalga oshirilayotgan aksiya haqida spam-xabar tarqatilmoqda. Sovrinni olish uchun firibgarlar 18 000 soʻm miqdoridagi yetkazib berish toʻlovini soʻramoqda.

13:27 16.08.2019
Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari Abdurasul Vahabov qonun oldida javob berishi shart

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Olmazor tumani hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari Abdurasul Vahabovni Kun.uz xodimlariga davlat organi xodimiga xos boʻlmagan tarzda muomalada boʻlgani, bu bilan cheklanmay, ijodiy jamoa xodimlaridan videotasvirga olmaslikni talab qilib, operatorga tashlangani, tahririyatga...

12:39 16.08.2019
Oʻzbekistonlik harbiy alpinistlar Elbursni, harbiy razvedkachilar esa Tar choʻlini zabt etdi

“Elburs halqasi” xalqaro musobaqasida beshta davlatning harbiy xizmatchilari oʻta murakkab togʻ sharoitida va chidab boʻlmas bosim ostida harakatlandi. Kabardin-Bolqordagi Elburs choʻqqisiga amalga oshirilgan marsh esa haqiqiy harbiy alpinistlar nimaga qodir ekanligini koʻrsatib berdi.

12:35 16.08.2019
Sirdaryo viloyatida turistik axborot markazlari ochilmoqda

Prezidentning joriy yil 5-yanvardagi farmoniga muvofiq Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi turistlar tashrif buyuradigan mashhur obyektlar, sayyohlik marshrutlarida va har bir hududnin gmarkaziy qismlarida turistik axborot markazlarini (infokiosklar) tashkil etish ishlari davom etmoqda.

12:18 16.08.2019
Qibray tumanida Oʻzbekiston-Koreya farmatsevtika klasteri tashkil etilishi mumkin

Oʻzbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasida boʻlib turibdi. Tashrif doirasida hayurtlarimiz Seul shahri mezbonlik qilgan Farmatsevtika sohasi boʻyicha Koreya-Oʻzbekiston biznes forumida ishtirok etdi. Shuningdek, qator rasmiy uchrashuvlar va muzokaralar tashkil etildi.

12:17 16.08.2019
Oʻzbekistondan 3928 dona tarixiy tangalar olib chiqib ketilishining oldi olindi

Maʼlumki, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga asosan 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.

12:15 16.08.2019
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi noyabr oyida oʻtkaziladi

Oʻz janglarini Chexiyada oʻtkazayotgan oʻzbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov ayni vaqtda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida boʻlib turibdi.

12:10 16.08.2019
Vatanparvarlik — Hayotimizning maʼnaviy asosi

Marralar qanchalik baland olinmasin, loyihalar nechogʻli istiqbolli boʻlmasin, Vatanni sevadigan, chin yurakdan mehnat qiladigan fidoyi insonlarsiz ularni amalga oshirish imkonsiz.

12:09 16.08.2019
Arnasoyda Vyetnam bilan hamkorlikda omuxta yem ishlab chiqariladi

Arnasoy tumanida Vyetnam Sotsialistik Respublikasi investorlari tomonidan baliq, qoramol va tovuq uchun omuxta yem ishlab chiqaradigan “MTT SEA FOOD” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Ergash Saliyev soʻzga chiqdi.

11:46 16.08.2019
“Tuzkondagi beʼmanilik” nomli maqolaga “Oʻzatom” agentligi javob berdi

Dunyoda neft va gaz zaxiralarining kamayib borayotgani va energiya isteʼmoli ortib borayotgani natijasida energiya resurslari bozorida yuzaga kelgan raqobat sharoitida Oʻzbekiston uchun muhim muammolardan biri davlatning energiya xavfsizligini taʼminlashdir.

11:45 16.08.2019
Mustaqillik bayrami arafasida chegaralar yopiladimi, poytaxtga kirish cheklanadimi?

Bayramlar arafasida xavfsizlikni taʼminlash uchun chegaralarni yopish, ayniqsa, poytaxtga keluvchilarga nisbatan cheklov oʻrnatish kabi choralar qoʻllanib kelingan. Bu qanchalik toʻgʻri va bu amaliyot hozir ham mavjudmi?

11:13 16.08.2019