Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutiga yangi rahbar tayinlandi

Oliy Majlis palatalari Kengashining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori lavozimiga Otaxonov Foziljon Xaydarovich tayinlandi.

15:22 30.07.2020
Yosh tadqiqotchilar uchun xushxabar

“Uzbekistan Research Online” platformasida chop etilgan ingliz tilidagi maqolalar xorijiy ilmiy nashrlarda eʼlon qilingan maqolalarga tenglashtiriladi 

15:17 30.07.2020
Yoshlar parlamentining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala ko'rildi

Bugun, 30-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining videokonfrensaloqa tarzida birinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.

15:01 30.07.2020
Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori ICSID xalqaro arbitrlari roʻyxatiga kiritildi

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlari doktori, professor Islombek Rustambekov Investitsiya nizolarini hal qilish boʻyicha xalqaro markaz (ICSID) (Vashington, AQSH) arbitrlari roʻyxatiga kiritildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

13:40 30.07.2020
Oliy taʼlim muassasalaridagi yashirin “oʻyin”lar

Korrupsiya bu taraqqiyotga toʻsqinlik qiluvchi eng asosiy illat boʻlib, dunyo miqyosidagi global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi.

12:51 30.07.2020
1933-yilda qurilgan GES qayta modernizatsiya qilindi

Qodiriya GES tizimda uzoq yillardan beri faoliyat koʻrsatayotgan gidrotexnika inshootlaridan biri hisoblanadi. U 1933-yilda bunyod etilgan boʻlib, oʻrnatilgan umumiy quvvati 13,2 MVtga teng. Biroq soʻnggi paytda 4 ta agregati ishlash quvvati samaradorligini yoʻqotib, taʼmirga muhtoj boʻlib qolgan edi. Shu bois...

11:38 30.07.2020
Yarim yillik faoliyat natijalari: Nimalarga erishildi, nimalar qilishimiz kerak?

Oʻtgan davrda — joriy yil yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilar ekanmiz, faoliyatimiz davomida muayyan natijalarga erishganimizni qayd etish joiz. Ayni paytda bulardan havolanmagan holda, bajarilishi ortga surilgan vazifalarning sababini tahlil qilish va kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishga...

11:35 30.07.2020
Pandemiya tufayli qoʻmita rejasiga oʻzgartirishlar kiritildi

Xalqaro aloqalar va parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash hozirgi vaqtda Qonunchilik palatasi faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib kelmoqda. Zero, aynan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va faol tashqi siyosat yuritish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga, uning xalqaro maydondagi nufuzini yana-da yuksaltirishga erishish...

11:25 30.07.2020
DXAga yangi direktor tayinlandi

Ulugʻbek Islomovich Muhammadiyev Prezident qaroriga muvofiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi.

11:23 30.07.2020
Qashqadaryodagi 20 000 ta ehtiyojmand oilaga 1 million soʻmdan tarqatiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻiga asosan, bugunni oʻzida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan 20 000 (84 335 kishi) ta ehtiyojmand oilaning har biriga 1 million soʻmdan, jami 20 milliard soʻm mablagʻ beriladi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokidagi brifingda aytib...

11:17 30.07.2020
Karantin paytida jayron ovlaganlar qoʻlga tushdi. Ular tabiatga 33 mln. soʻmdan ortiq zarar yetkazgan

Ushbu fuqarolarning Ustyurt kengliklarida noqonuniy ravishda ov qilishgani, ovda Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan jonivor, sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi bir bosh jayron otilgani aniqlandi. Bu bilan, tabiatga 33 450 000 soʻm zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.

11:15 30.07.2020
Xenan — Samarqand: oʻzaro ishonch va mustahkam doʻstlikka asoslangan hamkorlik

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, Xenan gubernatori In Xun, ikki davlat elchilari va boshqa masʼul shaxslar ishtirokida hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan onlayn muzokaralar boʻlib oʻtdi. Amaliy muloqot davomida diplomatik aloqalarni yana-da mustahkamlash Samarqand viloyati va Xenan provinsiyasi oʻrtasida doʻstona muhitni yana-da...

11:01 30.07.2020
Universitetining koʻngilli oʻqituvchilari Call-markazlarda ishlamoqda

Ushbu jarayonda Nizomiy nomidagi TDPU professor-oʻqituvchilari koronavirus oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni toʻgʻri baholab, targʻibot va tashviqot ishlarida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, professor-oʻqituvchilardan ixtiyoriy tashkil topgan koʻngilli 12 ta katta guruh tuzilib, ular pandemiyaga qarshi kurashga koʻmaklashish maqsadida tashkil...

10:37 30.07.2020
Konsert faoliyatini litsenziyalash mumtoz musiqa rivojlanishiga katta toʻsiq boʻladi – ekspert

Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama uchun eʼlon qilingani haqida xabar bergan edik.

10:19 30.07.2020
4 sotix yer uchastkasi 931 million soʻmga realizatsiya qilindi

Xorazm viloyati, Urganch shahridan boshlangʻich narxi 4,3 mln. soʻm boʻlgan yer uchastkasi 931 mln. soʻmga realizatsiya qilindi. Ushbu koʻp qavatli turarjoy binolari va majmualari qurishga ruxsat berilgan 0,04 gektar yer uchastkasi uchun oʻtkazilgan auksion savdosida 21 nafar ishtirokchi qatnashgan. Gʻolib...

09:59 30.07.2020
AQSH Oʻzbekistonga koronavirusni erta aniqlaydigan uskunalar taqdim qildi

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazlari (CDC) Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga qiymati 902 ming dollarga teng tibbiyot vositalari va laboratoriya jihozlarini begʻaraz asosda taqdim qildi, deb xabar berdi “Dunyo” AA AQSH elchixonasi manbasiga asoslanib.

09:53 30.07.2020
Yana bir yirik sement zavodi ishga tushirildi

Yaqinda Oʻzbekistonda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar soni yana bittaga koʻpaydi, deb xabar berdi “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmati.

09:37 30.07.2020
Oʻzbekistonning Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash borasidagi saʼy-harakatlari AQSHda yuksak eʼtirof etildi

Avvalo, USIP haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtsak. U Prezident Ronald Reygan tashabbusi bilan 1984-yilda tashkil etilgan mustaqil tahlil markazi boʻlib, nizolarning oldini olish va ularga yechim topish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash masalalarini oʻrganadi. Muassasa faoliyati AQSH Kongressi tomonidan moliyalashtiriladi. Tashkilot...

09:33 30.07.2020
Qurbon hayitini uylarimizda nishonlaymiz!

Haj oyi hisoblanmish Zulhijja ham boshlanib, yana ikki kundan soʻng butun Islom olamida Qurbon hayiti katta bayram qilinadi. Yurtimizda bayramlar koʻp: har birining oʻz tarovati, shukuhi va qadri bor. Illo, diniy bayramlar – Ramazon va Qurbon hayitining sururi oʻzgacha. Ayniqsa,...

08:46 30.07.2020
Tadbirkor nafaqat oʻziga, balki oʻzgalarga ham foyda keltiradi

Pandemiya sharoitida davlatning qoʻllab-quvvatlovi bilan birga “Saxovat va koʻmak” harakatida oʻn minglab tadbirkorlar, fermerlar va ishbilarmonlar faol qatnashib, xalqimiz ogʻirini yengil qilishga baholi qudrat hissa qoʻshmoqda. Albatta, bunday bagʻrikeng va tanti yurtdoshlarimizning ishlari tahsinga loyiq. Ular bu bilan cheklanib qolmay,...

08:40 30.07.2020