Alisher Shodmonov Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining vitse-prezidenti etib saylandi

20 may kuni Jenevada Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasi (JSSA)ning 72-sessiyasi oʻz ishini boshladi.

09:49 21.05.2019
Toshkent shahrida amalga oshiriladigan yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

09:34 21.05.2019
Yaylovlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

09:01 21.05.2019
Oʻzbekistonda inflyatsiya darajasi yillik hisobda 13,6 foizni tashkil etdi

2019 yilning I choragida makroiqtisodiy holat Markaziy bankning asosiy prognozlariga mos ravishda shakllandi. Yalpi ichki mahsulotning real oʻsishi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan (5,1 foiz) jadallashib, 5,3 foizni tashkil etdi.

18:53 20.05.2019
Bozorlarimizda narx-navo oshdimi?

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

18:20 20.05.2019
Senatda Rossiya delegatsiyasi qabul qilindi

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi oʻrinbosari Ilyas Umaxanov rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.

17:58 20.05.2019
Qiymati qariyb 4 mln. yevro boʻlgan 20 ta loyiha amalda

Oliy Majlis Senatida YEXHTning amaldagi raisi, Slovakiya Respublikasi tashqi ishlar va Yevropa ishlari vaziri Miroslav Laychak bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

17:54 20.05.2019
Oʻzbek kursantlari xalqaro olimpiadada sovrindor boʻldi

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining kursantlari MDHga aʼzo davlatlar harbiy oliy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida oʻtkazilgan harbiy-professional tayyorgarlik boʻyicha Xalqaro olimpiadada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

17:48 20.05.2019
Agentlik nega taassufda?

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Facebookʼdagi sahifasida navbatdagi bayonot bilan chiqdi.

17:34 20.05.2019
Oʻzbekiston Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasining rasmiy aʼzosiga aylandi

Marche du Film kinobozorida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ochilgan milliy pavilyonda ushbu assotsiatsiya rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

17:26 20.05.2019
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi

2019 yilning 17 may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.

16:56 20.05.2019
Navoiyda bioyoqilgʻi uchun oʻsimlik yetishtiriladi

Mazkur loyiha uchun 24 mln. AQSH dollarigacha xorij valyutasi yoʻnaltiriladi. U Kanadaning Advanced Bio-Oil Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

16:55 20.05.2019
Karmanada oʻgʻrilar jami 140 million soʻmlik “oʻlja”ni oʻmarishgan edi...

Karmana tuman IIB boshligʻiga tadbirkor Z. S. murojaat qilib,xususiy korxonasi derazasi sindirilgani, u yerdan 1,5 million soʻmlik oshxona idish-tovoqlari,100 million 950 million soʻm naqd pul, narxi 19 million soʻmlik turli tilla taqinchoqlar, ventilyator, televizor, videokuzatuv moslamalari, spirtli ichimliklar kabi jami...

16:13 20.05.2019
Muzeylar menejmenti dasturining uchinchi mavsumi boʻlib oʻtdi

Zamonaviy sanʼat markazida Britaniya Kengashi, Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Londonning Goldsmit universiteti bilan hamkorlikdagi Muzeylar menejmenti dasturining uchinchi mavsumi boʻlib oʻtdi.

14:40 20.05.2019
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 21 maydan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

14:03 20.05.2019
143 nafar mahkumning ishi qanoatlantirildi, 8 nafari qamoqdan ozod etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni taʼminlash, sud-huquq tizimiga oid muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 18 may kuni Navoiy viloyat aholisi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

12:37 20.05.2019
Namanganda doʻstlik va madaniyat festivali

“Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida oʻtkazilgan anjuman Namangan davlat universitetida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlarning rahbarlari, universitet oʻqituvchi va professorlari, talabalar ishtirokida “Millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik...

10:28 20.05.2019
Ishtixonda qotillar 22 mln soʻm va bitta telefon uchun 5 kishini oʻldirgani maʼlum boʻldi

Avval xabar qilinganidek, fuqaro A.X. va uning oila aʼzolari (jami 5 nafar) jasadlari qotillik alomatlari bilan topilganligi holati yuzasidan Bosh prokuraturaning Oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

09:07 20.05.2019
Ishtixonda bir oilaning besh aʼzosi oʻlimiga sababchi boʻlgan qotillar qoʻlga olindi

Hozirgi kunda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

21:43 19.05.2019