Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi taʼsis etildi

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi.

10:10 16.10.2019
Memorandum hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishda muhim ahamiyat kasb etadi

Bugun Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

10:10 16.10.2019
Fuqaro nega ishonchli boʻlmagan axborot manbalariga murojaat etyapti?

Besh yildan koʻproq vaqt mobaynida sust ishlagan Qonun bugun koʻplab muammolarni yuzaga chiqarmoqda. Soʻz 2014-yil 5-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi xususida bormoqda.

10:06 16.10.2019
Qishloqda ekologik toza LED lampalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

Qibray tumanining Yonariq qishlogʻida energiya tejamkor lampalar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Miss Lighting” Oʻzbekiston — Xitoy qoʻshma korxonasi faoliyatini boshladi.

09:45 16.10.2019
Milliy musiqa bayrami

A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston akademik katta teatrida Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblining 60 yillik faoliyatiga bagʻishlangan tantanali kecha boʻlib oʻtdi. Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ochib berdi.

09:36 16.10.2019
“Xalqaro qishloq ayollari kuni” endi Oʻzbekistonda ham nishonlanadi

Toshkent Davlat agrar universitetida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Agrar soha ayollari” uyushmasi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida “Qishloq ayoliga ehtirom” mavzusida tantanali tadbir oʻtkazildi.

09:34 16.10.2019
Oʻzbekistonning Turkiy kengashga aʼzo boʻlishi – tabiiy va tarixiy jarayon

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 15-oktyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammiti boʻlib oʻtdi.

19:10 15.10.2019
Surxondaryo viloyati hokimi Afgʻoniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Afgʻoniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida yaqin qoʻshnichilik munosabatlari, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida soʻz yuritildi.

23:22 12.10.2019
Yuksak natijalarga erishildi

Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sportchi-yoshlari Jizzax shahrida yunon-rum, erkin va ayollar kurashi boʻyicha 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida hamda ogʻir atletika boʻyicha 2005-yilda tugʻilgan va undan kichik boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Xiva shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati musobaqalarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritib...

23:21 12.10.2019
Fargʻona viloyati mamlakatimizda birinchi boʻlib paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi.

Viloyatda fermer xoʻjaliklari tomonidan238 ming 600 tonnadan ortiq paxta moʻl hosili yetishtirildi.

23:11 12.10.2019
Chirchiqda “huquqiy bilimlar kuni” oʻtkazildi

Chirchiq shahridagi “Istirohat bogʻi”da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, Advokatlar palatasi, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi,Bandlikka koʻmaklashish markazi, viloyatdagi taʼlim va madaniyat muassasalari shuningdek nodavlat tashkilotlar hamkorligida “Huquqiy bilmlar kuni” ommaviy tadbiri oʻtkazildi.

23:01 12.10.2019
Dzyudo: yoshlarimiz Afrika qitʼasida oʻtkaziladigan Jahon chempionatiga joʻnab ketdi

12-24-oktyabr kunlari Marokash davlati poytaxti Marokash shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

16:16 12.10.2019
“Adliya xodimi qanday ishlaydi?”

Davlat idoralari va tashkilotlarining ochiqligi hamda shaffofligini taʼminlash, shuningdek, Prezidentning besh tashabbusini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Adliya vazirligi anʼanaviy ochiq eshiklar kuni doirasida “Family day” loyihasini amalga oshirdi.

16:15 12.10.2019
Denovda nima boʻlgandi?

Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi joriy yilning 9-oktyabr kuni “Maddoh” telegramm kanalida “2-3 kun ichida, Denovdan bir nechta bir-biridan xunuk xabarlar keldi” mavzusida yoritilgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

16:03 12.10.2019
Oʻzbekistondagi saylovlar xalqaro hamjamiyat eʼtiborida

Namanganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlariga saylovlar oldidan saylovlarda xalqaro tashkilotlar va xalqaro kuzatuvchilar bilan hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi.

16:01 12.10.2019
VII Yevropa kinosi festivali boshlandi

Poytaxtimizdagi “Zarafshon” restoranida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi hamda Oʻzbekiston Elektron Ommaviy Axborot vositalari Milliy Assotsiatsiyasi bilan hamkorligida VII Yevropa kinosi festivali ochilish marosimi oʻtkazildi.

15:46 12.10.2019
Saida Mirziyoyeva: “Oʻzbekiston ochiqlik yoʻlini tanladi. Orqaga yoʻl yoʻq!”(video)

Саида Мирзиёева: "Ўзбекистон очиқлик йўлини танлади. Орқага йўл йўқ!"(видео)

15:40 12.10.2019
Saylovlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar ishtirok etadi

Joriy yilning 12-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar faoliyati masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

15:36 12.10.2019
Qarshida YEXHTning ekspertlari ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi 

Qarshida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori ishtirokida vazirliklar, idoralar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakolatli shaxslari uchun xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilar bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi.

15:35 12.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi ishi yakunlandi

Oliy Majlis Senati aʼzolari yigirma uchinchi yalpi majlis kun tartibi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalarini muhokama qildilar.

15:15 12.10.2019