Ketmonov va Otamurodov Oliy Majlisdan ketdi, Alisher Qodirov Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari etib saylandi

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Deputatlar tomonidan qator tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.

17:14 13.06.2019
Elektrotexnika sanoatida uch yilda 71 loyiha amalga oshiriladi

Elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq, Oʻzbekistonda 2019–2021-yillarda 71 loyiha amalga oshiriladi. Buning uchun 558,9 million AQSH dollari miqdorida investitsiya oʻzlashtirilishi koʻzda tutilgan.

16:07 13.06.2019
200 nafar talaba suv xoʻjaligiga ishga jalb etiladi

Har qanday sohada samaradorlikka erishish zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, bilimli va tashabbuskor kadrlarga bogʻliq. Bunday mutaxassislar esa oliy oʻquv yurtlarida shakllanadi. Shunday ekan, ayni paytda vazirlik hamda idoralar, korxonalar oʻquv muassasalari bilan qanday aloqa oʻrnatmoqda? Bilimli kadrlar yetarlimi?

15:57 13.06.2019
Shavkat Mirziyoyev Bishkekka yetib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-iyun kuni Bishkek shahriga tashrif buyurdi.

15:49 13.06.2019
Erkaklar va ayollar teng huquqliligini taʼminlash uchun yana bir qadam

Konstitutsiyamizda ayollar va erkaklarning teng huquqligi haqida alohida modda kiritilgan. Ularga taʼlim olishda, kasbiy tayyorlanishda, ishda, mehnat uchun ragʻbatlanishda va xizmat yuzasidan koʻtarilishida teng huquqiy imkoniyatlar yaratiladi.

15:33 13.06.2019
Ravshan Ermatov Oʻzbekiston futboliga rahbarlik qiladi

FIFA referisi Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi.

15:05 13.06.2019
Umid Ahmadjonov OʻFA Birinchi vitse-prezidentligidan boʻshash boʻyicha ariza yozdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 3-mart kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) boʻlib oʻtgan va unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan Umid Ahmadjonov saylangandi.

14:51 13.06.2019
Ўзбекистонда илк “Битирувчилар жамғармаси” ташкил этилди

Марказий Осиёда ягона ҳисобланган, юксак салоҳиятли кончиларни тайёрлашга ихтисослашган Навоий давлат кончилик институтида янги жамғарма – битирувчилар жамғармаси ташкил этилди.

11:08 13.06.2019
Bishkek sammiti SHHT jarayonida yana bir marra nuqtasi boʻladi

Avval xabar qilinganidek, shu yil13-14-iyun kunlari Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti boʻlib oʻtadi. Uning kun tartibiga koʻp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari ustuvor yoʻnalishlar sifatida kiritilgan. Muhim voqea arafasida xitoylik hamkasblarimiz bilan birgalikda “Shanxay ruhi”ni rivojlantirish boʻyicha tayyorlangan turkum...

10:36 13.06.2019
“Yogʻochning boʻshini qurt yeydi. Boʻsh boʻlmanglar”. Ochilboy Ramatov Toshkent viloyatida yigʻilish oʻtkazdi

Nurafshon shahrida viloyat faollari, masalaga taalluqli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Ochilboy Ramatov raisligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

09:54 13.06.2019
Oʻzbekiston delegatsiyasi onkologiya sohasida xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining onkologiya sohasida hamkorlik boʻyicha xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

18:02 12.06.2019
Oʻzbekistonda mingdan ortiq yozgi oromgohlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ishtirokida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Barkamol” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida 12-iyun — Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi.

17:34 12.06.2019
Qoraqalpogʻistonda Navoiy davlat Konchilik institutining Nukus filiali ochiladi

Mamlakatimiz rahbarining topshirigʻi hamda Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi “Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi koʻra asos solingan mazkur oliy taʼlim muassasasi joriy oʻquv yilidanoq oʻz faoliyatini boshlaydi.

16:16 12.06.2019
Soliq qoʻmitasi telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda pul topayotganlar blogerlarga patent olib, soliq toʻlashi kerakligini eslatdi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi mutasaddilari ishtirokida “Qoʻshimcha qiymat soligʻi va boshqa yangi soliqlar implementatsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyati” mavzusida brifing va jurnalistlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

14:26 12.06.2019
“RoboCUP” musobaqasi gʻoliblari Xitoy oromgohiga yoʻllanma oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash Ulugʻbek jamgʻarmasi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yurtimizdagi iqtidorli yosh robototexniklar oʻrtasida tashkil etilgan “RoboCUP” televizion musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.

12:15 12.06.2019
Shavkat Mirziyoyev Filippin Prezidentiga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Dutertega Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yoʻlladi.

12:11 12.06.2019
Andrey Razigrayev: “Yaqin kelajakda Oʻzbekistonni turistik “bum“ kutmoqda”

Taniqli teleboshlovchi, prodyuser, shoumen va “Muz-TV” (Rossiya) telekanali dasturiy direktori Andrey Razigrayev oʻzining instagram sahifasida yaqin kelajakda Oʻzbekistonni turistik bum kutayotganini qayd etdi.

12:11 12.06.2019
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Yoʻldosheva vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va teatr aktrisasi Gulbahor Yoʻldosheva vafot etdi.

10:07 12.06.2019
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi.

09:49 12.06.2019
Shavkat Mirziyoyev SHHT va OHICHK sammitlarida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil 13-14-iyun kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda 15-iyun kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning navbatdagi sammitlarida ishtirok etadi.

19:37 11.06.2019