Har bir ishda tashabbuskorlik muhim, aks holda…

Bugungi murakkab vaziyat, global pandemiya sharoitida mamlakatimiz aholisini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Koronavirus soniyalar sayin yurtdoshlarimiz hayotiga tahdid solib turgan bir paytda ayrim odamlarning karantin qoidalariga rioya etmayotgani kishini tashvishlantiradi. Axir yurtimizda ushbu virusga chalingan bemorlarning...

16:39 01.06.2020
Sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muammolarining yechimi qanday boʻladi?

Sanʼat – oʻz mohiyati va ijtimoiy mazmuniga koʻra har qanday milliy madaniyatning uzviy qismi sifatida muayyan davlat, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyoti darajasini belgilovchi eng muhim va ustuvor mezonlardan biridir.

16:37 01.06.2020
Bolalar – oilaning quvonchi, davlatimizning umidi va kuchidir

Yurtimizda bolalarni jon dilidan yaxshi koʻrmaydigan, ularni suyib erkalamaydigan oila boʻlmasa kerak. Xalqimiz bolajon xalqligi bilan tanilgan. Bunga buyuk tariximizdan bir qator misollarni keltirish mumkin, albatta.

16:12 01.06.2020
Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasining “Chashma” uchastkasida sodir boʻlgan hodisa boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi press-relizi

2020-yil 31-may kuni Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasi “Chashma” uchastkasida Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning chegaradosh hududlari aholisi oʻrtasida mahalliy darajadagi hodisa yuz berdi.

16:09 01.06.2020
Xavfli qo'lbola “stolba”lar yangilariga almashtirildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumani “Keneges” ovul fuqarolar yigʻini hududida joylashgan Aytqusli qishlogʻidagi oltmishga yaqin xonadon, aytish mumkinki, keyingi paytlarda hadik bilan kun kechirib kelardi. Gap shundaki, ushbu qishloq vujudga kelgan dastlabki paytlarda odamlar uylarini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun qoʻlbola...

15:46 01.06.2020
1-iyundan bozorlarimizdagi narx-navolar qanday?

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda. Quyida 1-iyun holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning eng arzon va qimmat narx-navolari bilan tanishishingiz mumkin.

15:26 01.06.2020
Sobiq vazir elchi etib tayinlandi. U Bishkekka yetib bordi

2020-yil 30-may kuni Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiziston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Xurshid Mirzaxidov Bishkek shahriga yetib keldi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

14:31 01.06.2020
Toshkent va Andijon shaharlarida firibgarlar qoʻlga olindi

DXX xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbiri davomida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi katta oʻqituvchisi “A.A.” oʻzganing ishonchiga kirib, firibgarlik yoʻli bilan undan 5000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

14:13 01.06.2020
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi ziddiyat yuzasidan ikki davlat kelishuvga erishdi

Qirgʻiziston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Kubatbek Boronov va Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Botken viloyatining “Chechme-Avtodorojnыy” nazorat oʻtkazuv punktida uchrashuv oʻtkazdi.

13:59 01.06.2020
Sergeli tumaniga yangi umid, yangi reja, yangi hayot bergan tashrif

Sergeli tumani aholisi davlatimiz rahbarining tashrifini anchadan beri kutayotgan edi. Mazkur tashrifga mahalliy davlat organlari mutasaddilari qanchalik masʼuliyat bilan yondashgan boʻlsa, soʻnggi uch yil ichida yangi uylarga koʻchib kelgan oddiy fuqarolar ham katta umid va ishonch bilan tayyorgarlik koʻrdilar.

13:05 01.06.2020
Janubiy Koreyadan Oʻzbekistonga navbatdagi gumanitar yordam joʻnatildi

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, shuningdek, mamlakatimizda Covid-19 tarqalishi oldini olish boʻyicha xalqaro hamkorlik doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi tomonidan jalb etilgan 97 ming 240 dollar miqdoridagi insonparvarlik yordami bugun Toshkentga yetib boradi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

13:02 01.06.2020
“The british school of Tashkent” bilan bogʻliq holat: Tomonlarning shartnoma shartlari buzildi. Bunga kim javobgar?

Joriy yilning 18-may kuni Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga “THE BRITISH SCHOOL OF TASHKENT” nodavlat taʼlim muassasasining 144 nafar buyurtmachisi petitsiya eʼlon qilingani va isteʼmolchilarning huquqi buzilayotgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushdi. Murojaatga koʻra joriy yilning 2019/2020 oʻquv yillari...

12:38 01.06.2020
Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib kelish davom ettirilmoqda

Ertaga, 2-iyun kuni “Toshkent — Moskva — Toshkent” charter reysi tashkil etiladi. Ushbu parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu roʻyxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

12:21 01.06.2020
Fargʻonada tokzorlarga subsidiyalar ajratilmoqda

Xabaringiz bor bugun odamlarni boqimandalikdan chiqarish. ularning oʻz tashabbuslari yordamida oilasiga daromad olib kirishga koʻmaklashish dolzarb masalaga aylangan. Shu sababli, davlat zaxirasiga olingan yerlar aholining ishsiz qatlami hamda yoshlarga ajratib berilgan edi. Bugun ushbu maydonlar ekinzorlarga aylanib yashillik kasb etgan....

12:00 01.06.2020
Oltinsoyda «Xoʻjaipok» sanatoriy-sogʻlomlashtirish va dam olish majmuasi foydalanishga topshirildi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi soʻlim togʻ hududida 200 oʻrinli zamonaviy «Xoʻjaipok» sanatoriy-sogʻlomlashtirish va dam olish majmuasi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik vakillari, yoshlar va nuroniylar ishtirok etdi.

11:56 01.06.2020
Oʻzbekistondagi eng katta poligonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan oʻtkazilmoqda

Markaziy harbiy okrug hududidagi “Kattaqoʻrgʻon” dala oʻquv maydonida mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan “Tashabbuskor gʻoyalar” asosidagi takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

11:53 01.06.2020
Dollarning rasmiy kursi oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

10:46 01.06.2020
Oʻzbekiston hukumati suv omborlariga doir qaror qabul qilishi kutilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha suv omborlari, yirik suv havzalari va gidroelektr stansiyalarda suv zaxiralarini ushlab turuvchi toʻgʻonlar va devorlarning eroziyasi natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognozlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

10:40 01.06.2020
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi mojaroga yuzasidan Abdulla Aripov Kubatbek Boronov bilan uchrashadi

Qirgʻiziston bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Kubatbek Boronov Botken viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda bugun, 1-iyun kuni hukumat apparatining axborot taʼminoti boʻlimi maʼlum qildi.

08:22 01.06.2020