Kelajak koʻchatlari ekildi

Samarali muzokaralardan keyin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Koʻksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga koʻchatlar oʻtqazdi.

18:51 29.11.2019
Oʻzbek filmlari ilk bor nufuzli xalqaro kinofestivalida mukofotlar uchun kurashadi

Oʻzbekistonlik yosh kinoijodkorlar joriy yilning 26-noyabridan 1-dekabriga qadar davom etadigan “DigiCon6 Asia Awards — 2019” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etish uchun Gonkongga joʻnab ketdi.

18:28 29.11.2019
Metan “zapravka”larda vaziyat qachon yaxshilanadi? “Oʻztransgaz” AJ rahbariyati vaziyatga izoh berdi

Mana, bir haftadirki, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)da uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelmoqda. Oqibatda haydovchilar bir necha soatlab vaqtini metan “zapravka”lar oldida oʻtkazishga majbur boʻlmoqda.

17:51 29.11.2019
Mudofaa vazirligi tomonidan chaqiruvga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori ijrosi mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

16:37 29.11.2019
Buxoroda mudhish YTH: uch kishi halok boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Buxoroda avtobus va Nexia-2 avtomashinasi ishtirokidagi YTH boʻyicha batafsil maʼlumot berdi.

15:44 29.11.2019
Forum: Besh tashabbus targʻibotida OTM yoshlar yetakchilarining oʻrni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbusini yigit-qizlar oʻrtasida keng targʻib etishda oliy taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlarning oʻrni katta.

15:28 29.11.2019
Yil boshidan buyon Ichki ishlar organlariga salkam 80 mingta murojaat kelib tushgan

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Ichki ishlar organlarining fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash faoliyati toʻgʻrisida” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

15:11 29.11.2019
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi boshlandi.

13:30 29.11.2019
Oʻzbekistonda yana uchta ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tashkil etiladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimizda onalar va bolalarga malakali tibbiy yordam koʻrsatish, aholi reproduktiv salomatligini muhofazalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

13:18 29.11.2019
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Tojikiston hamkorligi rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

12:18 29.11.2019
Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston rahbari bilan uchrashdi

Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

12:16 29.11.2019
Sirdaryoda nogiron oʻquvchilarning shaxsiy kutubxonasi tashkil etiladigan boʻldi 

Sirdaryo viloyatida oʻtkazilgan “Kitob karvoni” aksiyasi doirasida jismoniy imkoniyati cheklanganligi tufayli uyda taʼlim olayotgan oʻquvchilarga shaxsiy kutubxonalari uchun bir necha nomdagi adabiyotlar sovgʻa qilindi. Viloyatdagi 309 ta umumtaʼlim maktablariga esa 47 ta nomdagi 20 ming nusxa kitob berildi.

11:37 29.11.2019
Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston Prezidenti bilan uchrashdi

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

11:19 29.11.2019
TIV Kanadadagi samolyot halokatida oʻzbekistonliklar vafot etganini tasdiqladi

Elchixona tomonidan koʻrilgan shoshilinch choralar, jumladan, Kinston shahri politsiyasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha qurbonlarning shaxsi aniqlangan.

11:16 29.11.2019
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyevning uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

11:02 29.11.2019
Amerikadan Kanadaga parvoz qilgan yengil samolyot qulashi natijasida 7 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

Kanadaning Ontario provinsiyasida yengil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yetti kishi halok boʻldi.

10:20 29.11.2019
Gʻoʻzapoya, qamish va yogʻoch qipigʻi... Ulardan sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkinmi?

Uyushmaning 2019-2021-yillarda mahalliy xomashyodan DSP mahsulotlari ishlab chiqarish investitsiya loyihalari roʻyxatiga koʻra, umumiy qiymati 80 mln. 800 ming AQSH dollari boʻlgan jami 595 ming kub metr yillik quvvatga ega 11 ta loyiha amalga oshiriladi va natijada ushbu mahsulotga boʻlgan talabni...

09:58 29.11.2019
Samarqandda “World Plov championship” pazandachilik musobaqasi boʻlib oʻtdi 

Samarqand shahridagi “Bogʻishamol Garden” maskanida viloyat turizmni rivojlantirish departamenti Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi bilan hamkorlikda “World Plov championchip” pazandachilik musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda arman, turk, uygʻur hamda respublikamizning 8 viloyatidan kelgan tajribali oshpazlar osh tayyorlash boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.

09:31 29.11.2019
“Ekspress-salomatlik”: Oʻzbekiston va Xitoy mutaxassislari ishtirokida 120 dan ortiq jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtdi

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik nafaqat iqtisodiy sohalarda, balki ijtimoiy loyihalarda ham oʻz aksini topmoqda. Yaqinda Samarqandda hozirga qadar 120 nafar kam taʼminlangan oila aʼzolarining koʻzlariga qayta nur bagʻishlagan loyihaning hayotga tatbiq etilishi ham aynan ana shu hamkorlik natijasidir.

09:26 29.11.2019