Ertaga ob-havo qanday bo'ladi?

Oʻzbekistonda 14-iyul kuni 42 darajagacha issiq boʻlishi kutilmoqda.

19:48 13.07.2020
Senat Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi

Parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbayeva olib borgan majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan sudlar faoliyatiga oid axborotni eshitish amaliyotining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari, erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan...

18:10 13.07.2020
Jamoatchilik maʼqul desa — maʼqul, nomaʼqul desa — nomaʼqul boʻladi

Jamoatchilik nazorati instituti faoliyatini bugungi tezkor zamon talablari darajasida tashkil etish boʻyicha hali amalga oshirilishi lozim boʻlgan muammoli masalalar borligidan koʻz yumib boʻlmaydi, albatta. Xususan, mamlakatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish subyektlari boʻlgan nodavlat tashkilotlar...

17:55 13.07.2020
Vazirlar Mahkamasida tayinlov amalga oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Bu haqda OʻzA telegram kanali xabar bermoqda.

17:51 13.07.2020
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga yangi direktor tayinlandi

Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi.

17:21 13.07.2020
Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi

2020-yil 13-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13360 (+167) nafarni tashkil etmoqda.

16:57 13.07.2020
Oʻzbekistonda yana bir kishi koronavirusdan vafot etdi

Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli S.Q.da joriy yil 9-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va oʻtkir nafas yetishmovchiligi bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

16:39 13.07.2020
Mahalliy xomashyolardan PVX va keramik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalari yaratiladi

2020-yil 11-iyul kuni «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi qoshidagi Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashining 11-yigʻilishi majlisi onlayn tarzda boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, Kengash raisi, akademik I.Abdurahmonov raislik qildi.

16:35 13.07.2020
Pandemiya davrida ham iqtisodiyot barqaror rivojlanishi kerak

Koronavirus pandemiyasi, butun dunyoda kuzatilayotganidek, yurtimizda bugungi kunda ham davom etmoqda. Mart oyining oʻrtasida boshlangan ushbu kasallik, mamlakatimizda oʻz vaqtida koʻrilgan qatʼiy choralar, sogʻliqni saqlash tizimida soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar tufayli nisbatan qisqa, qariyb uch oylik davrda...

16:15 13.07.2020
Oʻzbekistonda 14 yoshli bola koronavirusdan vafot etgani aytildi

Shtab aʼzosi Habibulla Oqilov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida koronavirusdan vafot etganlar orasida 14 yoshli fuqaro borligini aytib oʻtdi. Lekin Sogʻliqni saqlash vazirligi bunday maʼlumot bermagan edi. Nega koronavirusdan vafot etganlar soni aniq aytilmasdan, kamaytirilib koʻrsatilyapti? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati...

15:30 13.07.2020
Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar asosan qanday kasb egalari?

Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning qanchasi qanday kasb egalari? Statistika yuritiladimi? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov javob berdi.

15:19 13.07.2020
Prezident Xalq qabulxonalari deputatlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

Aholi murojaatlarini hal etish har bir rahbarning birinchi galdagi vazifasi sanaladi. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish joylardagi Xalq qabulxonalarining doimiy eʼtiborida.Shundan kelib chiqib, viloyatimizda Xalq qabulxonasi bilan siyosiy partiyalar, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlar oʻrtasida oʻziga xos...

14:51 13.07.2020
Oʻzbekistonliklar bu haftada haqiqiy yoz issigʻini his qiladi – Oʻzgidromet

Bugun va haftaning oxirigacha Oʻzbekiston hududidagi ob-havoni atmosferadagi past bosimli maydon belgilaydi. Bunday holat uchun odatda chilla davrida kuzatiladigan juda issiq havo xosdir. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.

13:44 13.07.2020
Ertadan TIV Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni qabul qilishni vaqtincha toʻxtatadi

Oʻzbekiston Respublikasida COVID-19 koronavirusining tarqalishini oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan choralar munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida fuqarolarni qabul qilish 2020-yil 14-iyuldan 2020-yil 1-avgustgacha vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda TIV xabar berdi.

13:16 13.07.2020
Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni qanchaga yetsa, sogʻliqni saqlash tizimi inqiroz holatiga tushib qoladi?

Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni qanchaga yetsa, sogʻliqni saqlash tizimi inqiroz holatiga tushib qoladi? Imkoniyatlarimiz qancha kasallarga xizmat koʻrsatishga yetadi? Ushbu savolga tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov javob berdi.

12:57 13.07.2020