Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

20:51 07 Mart 2019 Hujjatlar
817 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatish, ularning jamiyatimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, oʻzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik koʻrsatayotgan qizlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-sonli va “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli Farmonlariga asosan:

1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Norboyeva zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti     Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2019 yil 2 mart

* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 martdagi PQ-4218-sonli qaroriga ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

R Oʻ Y X A T I


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?