MTRK, Zoʻr TV, Milliy TV, Mening Yurtim, Sevimli TV, Futbol TV kabi kanallar vaqtinchalik efirga uzatilmaydi

11:25 26 Dekabr 2018 Jamiyat
3721 0

Bugun, 26 dekabr kuni Oʻzbekistonning bir qator davlat va xususiy kanallarini efirga uzatish vaqtinchalik toʻxtatib turiladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Manbaning maʼlum qilishicha, bunga Toshkent teleminorasida profilaktika ishlari olib borilishi sabab boʻladi.

“26 dekabr kuni soat 9:00 dan 14:00 gacha Toshkent teleminorasida profilaktika ishlari oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi dasturlari 26 va 38 televizion kanallarda tarqatiladi, “UZDIGITAL TV” MCHJ, Uz Report, Zoʻr TV, Milliy TV, Mening Yurtim, Sevimli TV, Futbol-TV dasturlarini tarqatishda tanaffus boʻladi“, deyiladi vazirlik bayonotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?