Zominda yangi klaster tashkil etildi

11:18 13 May 2020 Klaster
163 0

Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-iyuldagi 619-sonli qaroriga muvofiq Jizzax viloyatining Zomin tumanida ”Jizzax Organic” xususiy korxona shaklidagi masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan edi. Yaqinda jamiyat negizida chorvachilik, oʻsimlikshunoslik, seleksiya-genetikaga ixtisoslashgan klaster tashkil etildi.

—150 million AQSH dollari ekvivalentidagi investitsiya kiritilishi moʻljallangan klasterimizda bahorning seryogʻin kunlaridan foydalanib 5,7 ming gektar maydonga chorva mollari uchun ozuqabop ekinlar ekilmoqda va ularni sugʻorish uchun quduqlar qazilib, eskirgan sugʻorish tarmoqlari yangisiga almashtirilmoqda, — deydi ”Jizzax Organic” XK MCHJ rahbari Hikmatilla Karimov. – Xorijdan buyurtma asosida olib kelinadigan zotdor mollar va buqalar uchun innovatsion yozgi va qishki molxonalar, naveslar, yemish saqlash uchun omborlar, qushxona, goʻsht saqlash uchun muzlatkich qurish ishlari ham boshlab yuborilgan. Texnikamiz parkini kengaytirish uchun mahalliy va Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilgan 8,7 million dollarlik texnikalar xarid qilish belgilangan.

Yangi tashkil etilgan klaster joriy yilda Avstraliyadan 2,5 ming bosh “Dorper” zotli naslli qoʻylar, AQSH va Rossiya davlatlaridan 5 ming bosh qoramollarni olib kelish boʻyicha shartnomalarni imzolashgan boʻlib, ularni qabul qilish va parvarishlash uchun joylar hozirlanmoqda.

Tolibjon ERGASHEV,

(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?