Zominda tish plombalari ishlab chiqaruvchi yangi korxona ish boshladi

17:19 25 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
315 0

“Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasida Germaniya davlati bilan hamkorlikda tish plombalari uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Dentals Pharma GmbH”masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻz ish faoliyatini boshladi.

- Bugungi kunda yurtimiz stomatologiya bozorida taklif etilayotgan materiallarning aksariyati xalqaro sifat va standartlarga mutlaqo javob bermaydi. Ular mamlakatimiz bozoriga turli yoʻllar bilan kiradi, sifatsiz mahsulotlarning ishlatilishi natijasida bemorlarda turli noxush alomatlar seziladi, - deydi “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori Erkin Yuldashev. – Shularni oldini olish maqsadida Zominda yevrostandartga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlardan toʻliq foydalanayotgan korxonada ishlab chiqarayotgan mahsulotlari yildan-yilga koʻpayish imkoni mavjud.

Umumiy qiymati 573 ming AQSH dollari boʻlgan mazkur korxona ishga tushishi bilan tumanning 15 nafar mutaxassis yoshlari yangi ish oʻrinlariga ega boʻldilar. Korxona yiliga 350 ming dona har turdagi tish plomba mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlib, dastlabki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yurtimiz bozorlari yetkazib berilmoqda. Kelasi yildan boshlab ularni eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?