Zominda ayanchli YTH: 2 kishi vafot etgan, yana 4 kishi shifoxonada

21:19 10 Avgust 2020 Jamiyat
511 0

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga koʻra, joriy yilning 10-avgust kuni soat 16:30 da haydovchi 42 yoshli R.A., oʻzining boshqaruvidagi “Lada-Largus” rusumli avtomashinada Xovos tumanidan Dashtobod yoʻnalishiga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida, Zomin tumani hududidan oʻtuvchi A-376-avtomobil yoʻlining 239 km.ga kelganida oʻzidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib oʻtish uchun qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqan vaqtida, shu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan 42 yoshli R.X.,ning boshqaruvida boʻlgan “Isuzu” rusumli yuk mashinasining oldi tomoniga borib urilib, yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan. 

Natijada, “Lada-Largus” rusumli avtomashina yoʻlovchilari 31 yoshli X.B.(ayol) va 55 yoshli B.B.,(ayol)lar hodisa sodir boʻlgan joyda vafot etgan. “Lada-Largus” avtomashina haydovchisi R.A., yoʻlovchilari 30 yoshli B.B., va uning farzandlari 6 yoshli G.R.(ayol), hamda 4 yoshli R.R.,lar turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?