Tog‘lar bag‘rida buloqlar ko‘z ochdi

18:40 11 Iyul 2018 Madaniyat
739 0
Foto: mcs.uz

Zominning purviqor tog‘lar bilan o‘ralgan so‘lim O‘riklisoy go‘shasida yurtimiz yosh ijodkorlarining an’anaviy seminari bo‘lib o‘tdi.

— Prezidentimiz o‘tgan yilning aprel oyida Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida Zomin seminar-anjumanini qayta tiklash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan edi, — deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid. — Chinakam mahorat maydoniga aylangan bu maktabda saboq olgan juda ko‘p yoshlarimiz bugungi kunda faol ijod qilishmoqda.

Seminarda yosh ijodkorlar uchun badiiy tarjima, publitsistika, dramaturgiya, she’riyat, nasr, bolalar adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar, mahorat saboqlari o‘tkazildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Ijod” jamoat fondi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida g‘oliblarning ilk to‘plamlari 20 ming nusxadan chop etiladigan bo‘ldi. Anjuman yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar topshirildi.
Tolibjon ERGASHЕV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir”

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan keng muhokama qilinib, “Xalq soʻzi” gazetasi hamkorligida tayyorlangan “Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir” deb nomlangan risola “Zamin Nashr” nashriyoti tomonidan 1000 nusxada chop etildi.

19 Yanvar 2019