Zoyir Mirzayev: “Mazasi ogʻizda qolar yaxna goʻshti bor mashhur bozor bu koʻrinishda boʻlishi biz masʼullar uchun uyat“. Yoxud “Chiyal“ zamonaviy koʻrinishga ega boʻladi.

16:03 05 Yanvar 2020 Jamiyat
739 0

Foto: M.Komilov

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzayev Chiroqchi tumani “Chiyal“ jamoa xoʻjaligida joylashgan bozorda boʻldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

- Mazasi ogʻizda qolar yaxna goʻshti bor mashhur bozor bu koʻrinishda boʻlishi biz masʼullar uchun uyat, — dedi viloyat hokimi. — Qadimdan, ota-bobolarimizdan qolgan bir naql bor: “Xalqni madaniyatini bilmoqchi boʻlsangiz, oʻsha hududning bozori va mozorini borib koʻring”.

Viloyat hokimi va masʼullar tomonidan bozor hududi koʻzdan kechirildi, kamchiliklar atroflicha oʻrganilib, mahalliy aholi va tadbirkorlarning takliflaridan kelib chiqqan holda tez orada bozorni zamonaviy koʻrinishdagi majmuaga aylantirishga kelishib olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?