Zoyir Mirzayev: “Insonlarni is gazidan zaharlanishini oldini olish oʻz qoʻlimizda!”

15:12 29 Oktyabr 2019 Jamiyat
99 0

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzayev Qarshi shahridagi koʻp qavatli uylarni sovuq kunlarda isitish tizimi qanday yoʻlga quyilganligi holatini oʻrgandi. Viloyat hokimi isitish tizimini joriy yilning 20-noyabr kuniga qadar ishga tushirish va bu orqali uylarni qoʻlbola va turli xil yoʻllar bilan isitilishini oldini olishga erishilishini taʼkidladi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov maʼlumot berdi.

Fargʻona va Xorazm viloyatlarida is gazidan zaharlanib jami yetti kishi vafot etdi, - dedi viloyat hokimi. - Bu kabi holat eʼtiborsiz qoldirilgan har qanday joyda boʻlishi mumkin. Masʼullar bugundan boshlab ushbu holatga doir barcha zaruriy choralarni koʻrishi va insonlar taqdiriga befarq qarashdek yomon illatni yoʻqotishi kerak.

Murodjon Komilov olgan suratlar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?