Zlatan Ibragimovich “Milan“ga kerak. Buni bosh murabbiy Jennaro Gattuzo istamoqda

15:46 03 Oktyabr 2018 Sport
761 0
Foto: 90min.com

AQSHning “Los-Anjeles Gelaksi“ klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich yana Yevropa futboliga qaytishi mumkin.

Italiya matbuotida tarqalgan xabarlarga koʻra, “Milan“ rahbariyati shvetsiyalik futbolchini jamoaga taklif qilishni koʻrib chiqmoqda.

Izohlanishicha, jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo hujum chizigʻini tajribali futbolchi bilan kuchaytirmoqchi. “Milan“ rahbariyati jamoa oldiga Chempionlar ligasiga chiqish va Yevropa ligasining keyingi bosqichiga yoʻl olish vazifasini qoʻygan.

Zlatan Ibragimovich hozir 37 yoshda. Shunga qaramay u ham yuqori darajada futbol oʻynamoqda.

Futbolchining oʻzi faoliyatini “Malmyo“ (Shvetsiya) klubida yakunlashni istamoqda. Ammo u hozircha Shvetsiyaga qaytish niyati yoʻq. Muhimi, Ibragimovichlar oilasining Milanga koʻchib oʻtishga ham xayrixohligi bor ekan. Shunday ekan bu transfer amalga oshish ehtimoli bor.

Ibragimovich va “Los-Anjeles Gelaksi“ oʻrtasidagi bitim 2019 yilning dekabrida yakuniga yetadi. Ammo “Milan“ bu transferni qishda amalga oshirishi mumkin.

Zlatan Ibragimovich 2010-2012 yillarda “Milan“ sharafini himoya qilgan. Darvoqe, u oʻsha yillar “Milan“ning hozirgi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo bilan birga toʻp surgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?