Zilziladan jabrlanganlar soni oshdi

13:43 27 Noyabr 2018 Dunyo
452 0

Eron gʻarbidagi Kermanshoh muzofotida kecha roʻy bergan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 716 kishiga yetdi, deb yozadi RIA Novosti.

Yer silkinishi ushbu hududdan tashqari Ilam, Iroq poytaxti Bagʻdod va Ozarbayjonda ham kuzatilgan.

Bundan oldin tabiiy ofat tufayli 361 kishi jabrlangani xabar qilingandi.

Maʼlumotlarga koʻra, Eron-Iroq chegarasida yakshanba kuni 6,3 ball kuchlanishga ega zilzila roʻy bergan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?