Zidan “Real”ga qaytdi

09:41 12 Mart 2019 Sport
185 0

Madridning “Real” klubi jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Santyago Solarini ishdan boʻshatdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Madrid klubini yana fransuz mutaxassisi Zinedin Zidan boshqaradi. Zidan jamoa bilan 2022 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi.

Zidan 2016 yildan 2018 yilga qadar madridliklarni boshqarib borgan. U jamoa bilan uch marta Yevropa chempionlar ligasi gʻolibligi, ikki marta UYEFA superkubogini qoʻlga kiritgandi. Bir martadan Ispaniya chempionligi va superkubogini qoʻlga kiritgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?