Zidan “Manchester Yunayted”ga bosh murabbiy boʻladimi?

16:21 24 Avgust 2018 Sport
360 0
Foto: RT

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida ishlashni orzu qilmoqda.

Daily Mail xabariga koʻra, agar Mourino isteʻfoga chiqarilsa, Zidan “Manchester Yunayted”dan taklif kutayotganini yaqinlariga aytgan.

Ayni paytda, “qizil iblislar” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinoning ishidan mamnun emas. Portugaliyalik mutaxassisning yarim himoyachi Pol Pogba bilan kelisha olmay qolgani va klubning transfer siyosatini tanqid qilayotgani ularga yoqmayapti. Buning oqibatida portugaliyalik mutaxassis tez orada isteʻfoga chiqarilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Zidan oʻtgan mavsum oxirida “Real”ni tark etgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?