Jurnalistlarning futbol musobaqasida “pley-off” bosqichiga kimlar yoʻl oldi?

16:34 25 Iyun 2019 Jamiyat
189 0

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan matbuot va OAV xodimlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan mini-futbol (erkaklar) va stol tennisi (ayollar) boʻyicha musobaqalar qizgʻin pallaga kirdi.

Kecha guruh bosqichlarining barcha uchrashuvlari oʻtkazildi. “A” guruhidan joy olgan “Xalq soʻzi” gazetasi jamoasi “Oʻzbekiston 24” telekanali jamoasiga qarshi bahsda 2:0 hisobida zafar quchdi. Guruhdagi yana ikki jamoa — “Toshkent” va “Sevimli” telekanallariga texnik magʻlubiyat yozildi. Shu tariqa “Xalq soʻzi” jamoasi birinchi va “Oʻzbekiston 24” esa ikkinchi oʻrin bilan chorak final bahslariga yoʻl oldi.

26-iyun kuni “Xalq soʻzi”ning navbatdagi raqibi “Sport TV” jamoasi boʻladi. Jamoamizga navbatdagi bahslarda ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Boshqa guruhdagi natijalar bilan ham batafsil tanishing.

A guruhi

1-tur

“Xalq soʻzi” – “Oʻzbekiston-24” 2:0

“Toshkent-TV” – “Sevimli” (ikkala jamoaga ham texnik magʻlubiyat )

V guruhi

1-tur

OʻzA – “Yoshlar ovozi” 1:2

“Sport-TV” – “Mening yurtim” 2:2

2-tur

“Sport-TV” – “Yoshlar ovozi” 2:2

“Mening yurtim” – OʻzA 0:3

3-tur

OʻzA – “Sport-TV” 1:1

“Yoshlar ovozi” – “Mening yurtim” 3:1

S guruhi

1-tur

MTRK – “Mahalla” 6:1

“Maʼrifat” – kun.uz 2:2

2-tur

“Mahalla” – “Maʼrifat” 3:0

kun.uz – MTRK 0:2

3-tur

MTRK – “Maʼrifat” 4:0

“Mahalla” – kun.uz 2:3

26-iyun, ¼ final

1. Xalq soʻzi – Sport TV

2. Yoshlar ovozi – Mahalla

3. MTRK – Oʻzbekiston 24

4. OʻzA – Kun.uz

½ final

5) 1-oʻyin gʻolibi – 4-oʻyin gʻolibi

6) 2-oʻyin gʻolibi – 3-oʻyin gʻolibi

3-oʻrin uchun

5-oʻyin magʻlub – 6-oʻyin magʻlub

Final

5-oʻyin gʻolibi – 6-oʻyin gʻolibi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?