Jurnalistlar bir yon, avtomashina o‘g‘rilari bir yon...

18:11 02 Avgust 2018 Jamiyat
179 0
Illyustrativ foto

“Gul bir yon, chaman bir yon...” Bu mashhur qo‘shiqni samarqandlik jurnalistlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Hasanov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Jurnalistlar bir yon, avtomashina o‘g‘rilari bir yon”, deya o‘zgartirib kuylab yuborishlariga sal qoldi.

Nega deysizmi? Mutasaddi Prezidentimiz raisligida joriy yilning 27 iyul kuni o‘tkazilgan jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarning bugungi holati, bu borada ichki ishlar organlari va boshqa davlat idoralarining mas’uliyatini yanada oshirish, tizimda mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqadigan vazifalar bo‘yicha gapirib turgan bir paytda mobil telefoni qayta-qayta jiringladi.

Ulardan biriga javob bergan F. Hasanov, jurnalistlarga yuzlanarkan, bir kun oldin Samarqand shahrida avtotransport vositasi olib qochilishi bilan bog‘liq jinoyat ro‘y bergani va va ayni paytda uni fosh etish bo‘yicha tezkor tadbir olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Mamadiyor ZIYODINOV, “Xalq so‘zi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?