“Jurnalistlar bilan muloqot qilishda muomala madaniyatiga, etika qoidalariga qatʼiy amal qilish zarur”

12:31 30 Noyabr 2019 Jamiyat
346 0

Senatda xalq bilan, jurnalistlar bilan muloqot qilishda muomala madaniyatiga, etika qoidalariga qatʼiy amal qilish zarurligi aytildi

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, eskicha boshqaruv usullaridan qatʼiy voz kechish, demokratik rivojlanayotgan bugungi davrga mos boʻlish kerak.

Oliy Majlis Senati yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida aynan shu jihatlarga eʼtibor qaratildi.

– Bizning avvalgi yopiqligimiz, odamlar bilan, ayniqsa ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqotga chiqmasligimiz bugungi kun talabiga javob bermaydi, - dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva. - Korrupsiya holatlari hayotimizdan umuman chiqib ketishi kerak.Oʻzingiz oʻylang, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga birgina qoʻpol harakatimiz, nojoʻya gaplarimiz bilan qanchalik dogʻ tushirishimiz mumkin.

Bugun jurnalistlarimiz aholini bezovta qilayotgan muammolarga barcha rahbarlarning eʼtiborini qaratmoqda, ular nafaqat muammolarni qayd etmoqda, ularning yechimi yuzasidan yangi, nostandart gʻoyalarni ham taklif qilmoqda.

“Shuning uchun xalqimiz bilan, jurnalistlarimiz bilan muloqot qilishni odat qilishimiz, muomala madaniyatiga, etika qoidalariga qatʼiy amal qilishimiz zarur”,deb alohida qayd etib oʻtdi Senat raisi.

Ommaviy axborot vositalarida bildirilayotgan tanqidlarni toʻgʻri qabul qilib, ochiqlik va erkin fikr bildirilishini demokratik davlatning asosiy tamoyillaridan biri sifatida qabul qilish kerak. Qonunchilik va parlament nazorati doirasidagi faoliyat natijalarini aholi va keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazib boriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?