Jurnalist Trampni Britaniyani sotib olishga chaqirdi

15:44 21 Avgust 2019 Jamiyat
166 0

“Grenlandiyadan nimamiz kam?” deydi Daily Mail nashri sharhlovchisi Richard Littljon va Trampni Britaniyani sotib olishga chaqirdi.

Jurnalist agar Yevropa Ittifoqida qolmay, AQSHning 51-shtatiga aylansa, mamlakatga ancha yaxshi boʻlishiga ishonch bildirgan.

“Naqd 10 trln. funt sterling berilsa boʻldi, - deya taklif qiladi maqola muallifi. – Tramp zumda taklifimizni qabul qiladi. Bu tarixdagi eng katta bitimga aylanadi va bir zarba bilan defitsit ham yoʻq boʻlardi. Grenlandiyaning nimasi ortiqki, u bizda yoʻq? Oq ayiqlarmi? Balki muzdir”.

Littljonning soʻzlariga koʻra, Tramp 10 trln. funt sterling toʻlab dunyodagi beshinchi eng yirik iqtisodiyot va beshinchi eng katta armiyani qoʻlga kiritadi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Tramp dunyodagi eng katta orolni sotib olishga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?