“Juda murakkab boʻlsa ham yashashni istayotgan boshqa bemorlar bilan uchrashdim. Chunki hayot shunga arziydi”. — “Barselona”ning sobiq murabbiyi

22:30 19 Iyun 2020 Sport
339 0

Foto: soccer.ru

Ispaniyaning “Barselona” klubi sobiq murabbiylariga yordamchi boʻlgan ispaniyalik mutaxassis Xuan Karlos Unsue oʻziga shifokorlar tomonidan qoʻyilgan juda ogʻir tashxis — davolab boʻlmaydigan kasallik haqida oʻz fikrlarini aytib oʻtdi.

Kecha unga mutaxassislar amyotrofik lateral skleroz tashxisini qoʻyishgan. Maʼlum qilinishicha, ushbu kasallikni davolab boʻlmaydi va u oxir-oqibat toʻliq falajga olib keladi.

“Shifokorlar menga 4 yil berishdi. Odamlar hayotga moslashish uchun ajoyib qobiliyatga ega. Juda murakkab boʻlishiga qaramay yashashni istayotgangan boshqa bemorlar bilan uchrashdim. Chunki hayot shunga arziydi”, deydi Unsue.

Unsue 2003-yildan 2010-yilgacha Barselonada darvozabonlar murabbiyi sifatida, shuningdek 2014-yildan 2017-yilgacha Kataloniya klubining murabbiylar shtabida ishlagan. U faoliyati davomida bosh murabbiylar Frank Raykaard, Xosep Gvardiola va Luis Enrikega yordam berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?