Juda katta miqdordagi geroinning O‘zbekistonga olib kirilishiga chek qo‘yildi (фото)

14:45 01 Iyun 2018 Jamiyat
1204 0
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati

Bojxona va davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari hamkorlikda 2018 yilning 31 may kuni “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan respublikamiz orqali tranzit tarzida o‘tayotgan yuk poyezdi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganida, vagonlardan birining ostki qismida ko‘z ilg‘amas bo‘shliqlarga joylashtirilgan temir qutilar xodimlarning diqqatini tortdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati

Kuchli magnit vositasi ko‘magida vagon ostiga mahkamlangan ushbu temir qutilar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, ularning ichiga polietillen o‘ramlarda 14 kg. 920 gr. og‘irlikdagi geroin giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh bo‘ldi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?