JSST Turkmanistonning koronavirus tarqalishiga qarshi koʻrayotgan choralarini yuqori baholadi

21:15 03 May 2020 Dunyo
575 0

Foto: РИА Новости

Turkmaniston oʻz hududini sanitar himoyalash boʻyicha juda jiddiy choralarni qabul qildi va bu muammoga boshqa mamlakatlar singari jiddiy yondashmoqda, dedi JSSTning Turkmanistondagi ofisi rahbari Paulina Karvovska.

Uning soʻzlariga koʻra, Ashxobod yangi virus toʻgʻrisidagi dastlabki xabarlardan keyinoq virusning mamlakat hududiga kirib kelmasligi uchun eng yuqori darajadagi qarorlarni qabul qilgan. Xususan, ayni damda BMT bilan hamkorlikda Turkmanistonning koronavirusga tayyorgarligi va harakatlar rejasi ishlab chiqilgan.

Karvovska shuningdek, Turkmanobod va Turkmanboshi shaharlaridagi tibbiyot muassasalariga qilgan tashrifi toʻgʻrisida ham soʻz yuritdi.

“Tashrif davomida Turkmaniston tomonidan mamlakatga koronavirus kirib kelishining oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdik. Bu markazlar bemorlarni tezda davolash va izolyatsiya qilishda muhim rol oʻynaydi“, — dedi u.

Turkmaniston rasmiy hukumatining maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq holatlar qayd etilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?