JSST Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinalari sinovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirishni rejalashtirmoqda

20:24 12 Avgust 2020 Dunyo
547 0

Foto: Rossiya SSV Matbuot xizmati

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani sinovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda JSSTda qoshidagi Pan Amerika sogʻliqni saqlash tashkiloti direktorining yordamchisi Jarbas Barbosaga tayanib TASS xabar bermoqda.

“JSST hozirda ushbu masala boʻyicha maʼlumot olish uchun Rossiyaning tegishli organlari bilan muloqot olib bormoqda. Vaksina haqida olingan maʼlumotlar oʻrganib chiqilgach, JSST oʻz tavsiyalarini beradi”, degan Barbosa.

Izohlanishicha, JSST Rossiya tomonidan hech narsa eʼtiborsiz qoldirmaganligiga ishonch hosil qilish uchun qayta tekshirish oʻtkazishni rejalashtirgan.

Shuningdek, JSST vakilining taʼkidlashicha, har qanday vaksina keyinchalik ishlab chiqarish uchun klinik sinovlarning ikkinchi va uchinchi bosqichlaridan oʻtishi kerak.

“Shu orqali biz vaksinaning xavfsiz va samarali boʻlishiga ishonch hosil qilishimiz mumkin”, deydi Barbosa.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?