JSST Rossiyaga koronavirusga qarshi xavfsiz va samarali vaksina yaratgani uchun minnatdorchilik bildirdi

00:24 22 Sentyabr 2020 Dunyo
380 0

Foto: TASS

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Rossiyaga koronavirus infeksiyasiga qarshi xavfsiz va samarali vaksinani ishlab chiqarishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Bu haqda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

JSST vakili Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko bilan muzokaralar chogʻida tashkilot Rossiya tomonining koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishda qilgan ishlarini yuqori baholashini taʼkidladi.

“Vaksinani ishlab chiqarish boʻyicha bosqichma-bosqich harakat qilingani uchun  yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu xavfsiz va samaralidir”, deydi Klyuge.

Shuningdek, u Rossiya hukumatining rolini taʼkidladi, uning soʻzlariga koʻra, pandemiya paytida tibbiyot xodimlari va aholining zaif qatlamlariga katta eʼtibor qaratilgan. Uchrashuvda Murashko va Klyuge emlash masalalarini ham muhokama qildi.

Rossiya dunyodagi birinchi davlat boʻlib, "COVID-19"ga qarshi vaksinani roʻyxatdan oʻtkazdi. Preparat Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Unga “Sputnik V” deya nom berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?