JSST koronavirusga qarshi yana preparat sinovining 3-bosqichiga ruxsat berdi. U oʻsimliklardan tayyorlangan

23:40 21 Sentyabr 2020 Dunyo
251 0

Foto: shutterstock.com

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusni davolash uchun potensial davolash vositasi sifatida Afrika qitʼasida oʻsadigan oʻsimliklardan tayyorlangan preparatning klinik sinovlarining uchinchi bosqichi uchun protokolni tasdiqladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar tarqatildi. 

Avvalroq Madagaskar prezidenti Andri Radzuelina Afrikaning ayrim mamlakatlarida bezgakni davolashda ishlatiladigan shuvoq asosida tayyorlangan anʼanaviy ichimlikni sinovdan oʻtkazishni taklif qilgandi. Ushbu tashabbus Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi va Afrika Ittifoqining ijtimoiy masalalar boʻyicha komissiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Agar preparat koronavirusga qarshi xavfsiz va samarali ekanligi aniqlansa, JSST uni ommaviy ishlab chiqarish uchun tavsiya qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?