JSST Koronavirusga qarshi vaksinani tayyorlash jiddiy ish

15:12 23 Mart 2020 Dunyo
452 0

Illyustrativ surat

Yangi koronavirus qarshi vaksinani ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish kamida bir yil davom etadi.

Bu haqda JSSTning favqulodda holatlar dasturi direktori Maykl Rayan BBCʼga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Rayanning soʻzlariga koʻra, milliardlab odamlar koronavirusga qarshi vaksinani olishlari bois olimlar juda ehtiyot boʻlishlari lozim. Bundan tashqari, yangi vaksina mutlaqo xavfsiz hamda hech kimga zarar bermasligi kerak.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda dunyoda 20 ga yaqin koronavirus vaksinalari ishlab chiqilgan. AQSHda yaratilgan vaksina esa allaqachon sinovdan oʻtkazilmoqda. Kelgusi haftalarda yana bir nechta dorilarni sinovdan oʻtkazish jarayoni boshlanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?