JSST dunyo boʻylab koronavirusga qarshi 130dan ortiq vaksina ishlab chiqilayotganligini maʼlum qildi

23:19 29 Iyun 2020 Dunyo
122 0

Bugungi kunda butun dunyo mutaxassislari tomonidan koronavirusga qarshi 133 ta vaksina ishlab chiqilmoqda.

Bu haqda JSSTning favqulodda dasturi direktori Maykl Rayanning bayonotiga tayangan holda “Reuters” agentligi maʼlum qildi.

“Hozirda 133 nomzod vaksinalar mavjud boʻlib, ayni kunlarda ularning aksariyati klinik sinovlarda”, deya taʼkidlamoqda Rayan ulardan hech boʻlmaganda oz qismi boʻlsada foydalanish uchun maʼqullanishiga umid qilar ekan.

Maykl Rayannning soʻzlariga koʻra, vaksina ishlab chiqilmagan holatda infeksiyani yengishning yagona yoʻli uning tarqalish zanjirlarini uzish boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, mart oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasini eʼlon qilgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻylab aniqlangan holatlar soni 10 milliondan oshgan, 500 mingdan ortiq insonlar esa infeksiya qurboniga aylangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?