Joriy yilning oʻtgan davrida Qoʻrgʻontepada giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq 19 ta holat qayd etildi

15:32 06 Dekabr 2018 Jamiyat
122 0

Illyustrativ foto

Saminjon Husanov, “Xalq soʻzi online”/Andijon. Giyohvand moddalar isteʼmoli inson umriga zomin boʻlishi haqida qancha koʻp gapirilmasin, uning isteʼmoli bilan shugʻullanuvchilar hamon uchrab turibdi.

Bundan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanayotgan bir guruh giyohfurushlar esa “zaxri qotil” savdosi orqali moʻmay daromad topishga urinmoqdalar. Ana shunday yurtdoshlarimizdan bir guruhi Qoʻrgʻontepa tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Ulardan biri Asaka tumanida yashovchi, foydali ijtimoiy mehnat bilan band boʻlmagan Z. A. hamshahari N. Q.dan maʼlum miqdordagi marixuana moddasini sotib berish sharti bilan olib, uni qoʻrgʻontepalik A. B.ga sotayotgan paytida osoyishtalik posbonlari tomonidan harakatiga chek qoʻyildi.

“Tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan giyohvand moddalar savdosiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Natijada joriy yilning shu davriga qadar 19 ta holat qayd etilib, 965,28 gramm giyohvand moddasi ushlab qolindi”, - deydi tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi katta tergovchisi Farruxbek Siddiqov.

Ayni paytda jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan Z. A. va uning “hamtovoqlari”qilmishi yuzasidan tergov jarayoni davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?