Joriy yilning dastlabki olti oyida naqd pul massasi 2,2 trln so‘mga oshdi

18:28 15 Avgust 2018 Iqtisodiyot
391 0
Arxiv foto

Markaziy bank 2018 yilning birinchi yarim yilligi davrida naqd pul muomalasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni taqdim etdi.

Joriy yilning I choragida muomaladagi naqd pullar hajmi 1,2 trln. so‘mga qisqargan bo‘lsa, II choragida 3,4 trln. so‘mgacha ortishi kuzatildi. Natijada, 2018 yilning I yarim yilligida naqd pul massasi 2,2 trln. so‘mga oshdi.

Naqd pulga bo‘lgan talabning o‘zgarishi asosan mavsumiy omillar bilan izohlanadi. Bunda mamlakatimizga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmlarining asosan yilning ikkinchi va uchinchi choraklarida boshqa choraklarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi va natijada, aholi tomonidan tijorat banklariga xorijiy valyutani sotish hajmlarining oshishi mos ravishda naqd pulga bo‘lgan talabning ortishiga olib kelmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?