Joriy yilgi iyul meteokuzatuvlar tarixidagi eng qaynoq oy boʻldi. Bunday holat yana davom etishi mumkin

13:36 06 Avgust 2019 Jamiyat
157 0

Illyustrativ foto

Joriy yilgi iyul oyi meteokuzatuvlar tarixidiga eng issiq oyga aylandi. Bu haqda Copernicus dasturi doirasida Yevropa iqlim oʻzgarishlarini monitoring qilish xizmati maʼlum qildi.

Olimlarning maʼlumotlariga koʻra, iyul oyida oʻrtacha havo harorati 1981-2010-yillardagiga nisbatan 0,56 daraja baland boʻlgan, deya xabar tarqatdi Yevronyus. 

Olingan raqamlarga koʻra, bu yil iyul oyidagi havo harorati 2016-yilda oʻrnatilgan rekorddan 0,04 daraja yuqori boʻldi. Xususan, oʻtgan oyda Gʻarbiy Yevropada anomal jazirama qayd etildi, hatto qutbda ham havo harorati rekordi oʻrnatildi.

Monitoring xizmati rahbari bunday holatni atmosferaga is gazini uzluksiz chiqarilayotgani va ularni haroratga taʼsir etayotgani bilan izohladi. Uning fikricha, bu boradagi rekordlar yana yangilanishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?