Joriy yilda qancha paxta tolasi qayta ishlanadi?

14:04 12 Fevral 2020 Iqtisodiyot
159 0

Oʻtgan yili respublikamizdagi jami paxta maydonlarining 654,5 ming gektarida (63%) 73 ta paxta-toʻqimachilik tashkilotchilari tomonidan 88 ta tumanda 1,7 mln tonna paxta xomashyosi “klaster” usulida yetishtirildi.

Tizim korxonalari tomonidan sifatli, raqobatbardosh, yuqori raqamli ip-kalava ishlab chiqarish maqsadida mavjud oʻrnatilgan texnologik uskunalarni modernizatsiyalash, yangi korxonalar tashkil etilishi natijasida yil boshidagi 808 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvati yil yakuniga kelib 988 ming tonnaga oshirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida mahalliy paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalar tomonidan jami 761 ming tonna paxta tolasi oʻzlashtirildi. 608 ming tonna sifatli, raqobatbardosh ip-kalava ishlab chiqarildi.

Joriy yilda esa 2020-yilda paxta tolasini qayta ishlash korxonalari quvvati 1,1 mln tonnadan oshadi hamda 945 ming tonna paxta tolasi oʻzlashtirilib, 740 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?