Joriy yilda poytaxtda qancha investitsiya oʻzlashtirilishi maʼlum boʻldi

19:35 16 Fevral 2019 Iqtisodiyot
563 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahar hokimiyatida boʻlayotgan matbuot anjumanida joriy yilda oʻzlashtirilishi kutilayotgan investitsiyalar miqdori maʼlum qilindi.

Shahar hokimining investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari maʼlumotiga koʻra, 2019 yilda 2,7 milliard AQSH dollarilik investitsiyaviy loyihalar amalga oshiriladi. Ularning 407,7 million AQSH dollarligi birinchi chorakda, 755,3 million AQSH dollariligi ikkinchi chorakda, 739,4 million AQSH dollariligi uchinchi chorakda, yil soʻngida esa 815,3 million AQSH dollarilik qismi hayotga tatbiq etiladi. Bu esa yangi ish oʻrinlari yaratilishi, xalq farovonligini taʼminlash bilan bir qatorda, shaharni yanada obodonlashtirish, koʻrkam va shinam turarjoylar, maishiy xizmat obyektlari qurilishiga xizmat qiladi.

Matbuot anjumani davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?