Joriy yilda “Ohangaronsement” AJ hududida yillik quvvati 3 mln. tonna boʻlganyangi zavod ishga tushiriladi

19:37 05 Mart 2020 Siyosat
330 0

Illyustrativ foto

Bu haqda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Rossiyaning “YEVROTSEMENT grup” xolding kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuvda aytib oʻtildi. Bu ikki tashkilot oʻrtasida qabul qilingan memorandumga koʻra,amalga oshirilayotgan ishlar samarasidir.

Misol uchun, uyushma maʼsulligida “YEVROTSEMENT grup” xoldingi tomonidan “Ohangaronsement” AJ hududida qurilish materiallari klassterini tashkil etish boʻyicha umumiy qiymati 200 mln dollarlik yirik loyiha amalga oshirilyapti. Natijada bu yerda yuqori sifatli sementdan tortib, tayyor temir-beton mahsulotlarigacha ishlab chiqariladi. Shuningdek, klaster doirasida “Ohangaronsement” AJ hududida yillik quvvati 3 mln. tonnani tashkil etuvchi qoʻshimcha yangi sement zavodi joriy yilda foydalanishga topshiriladi.

Uchrashuv soʻnggida ikki tomonlama aloqalarni yana-da rivojlantirish, hamkorlikda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?