Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari saylandi

10:33 21 Oktyabr 2020 Siyosat
227 0

Xabar berilganidek, bugun Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtmoqda.

Yalpi majlis kun tartibidan oʻrin olgan bir qator tashkiliy masalalar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosarini saylash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Maʼlumki, Senat Raisi oʻrinbosarlaridan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakili boʻlishiga oid konstitutsion norma mavjud. Shu bois, senator Murat Kallibekovich Kamalovni Senat Raisi oʻrinbosari lavozimiga saylash toʻgʻrisida taklif, Prezidentimiz tomonidan taqdimnoma kiritilgan.

Murat Kamalov 1955-yilda Nukus shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotga ega huquqshunos sifatida koʻp yillar masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Joriy yil sentyabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining deputati etib, 2-oktyabr kuni Joʻqorgʻi Kengesning davlatimiz rahbari ishtirokida oʻtgan navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida Joʻqorgʻi Kenges Raisi etib saylangan.

Majlisda senatorlar tomonidan M.Kamalov nomzodi boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi. 

Qonun talablariga muvofiq yashirin ovoz berish orqali 72 ta ovoz bilan senator Murat Kallibekovich Kamalov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari etib saylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?