Jon MAKGRЕGOR: “Harakatlar strategiyasida koʻzda tutilgan barcha chora-tadbir davlat xalqqa xizmat qilishi kerak, degan gʻoyani roʻyobga chiqarishga qaratilgan”

15:20 30 Avgust 2018 Siyosat
216 0

Jon MAKGRЕGOR, YEXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori:

— 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekis­ton Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgani va u jadal surʼatda hayotga tatbiq etilayotgani davlat yuritayotgan siyosat uzoq kelajakni koʻzlaganidan dalolat beradi.

Harakatlar strategiyasini atroflicha oʻrganish shuni koʻrsatdiki, u YEXHT doirasidagi majburiyatlar bilan qariyb 90 foiz oʻzaro muvofiq keladi. Harakatlar strategiyasida koʻzda tutilgan barcha chora-tadbir bitta ezgu maqsadga, yaʼni davlat xalqqa xizmat qilishi kerak, degan gʻoyani roʻyobga chiqarishga qaratilgan. Binobarin, YEXHT ham aynan odamlar farovonligini koʻzlaydi.

YEXHT istiqbolda, yaʼni 2017 — 2021 yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasi amalga oshirilishi davrida Oʻzbekiston Respublikasi bilan har yili hamkorlik boʻyicha imzolanadigan “yoʻl xaritalari” asosida sheriklik munosabatlarini rejalashtirishda davom etadi.

Har bir davlat uchun mustaqillikka erishish tarixiy voqea sanaladi. Bu sanada, bayram kunida har bir kishi cheksiz gʻurur hissini tuyadi. Shu maʼnoda, YEXHTning vakili sifatida oʻzbek xalqini Mustaqillik ayyomi bilan samimiy qutlayman. Men uchun bu zaminning ming yillarga borib taqaladigan tarixi katta taʼsir koʻrsatdi, bundan faxr­lanaman. Eng muhimi, men Oʻzbekistonda doʻstlarim va hamkasblarimiz bilan birga yashab, mamlakat kelajagiga komil ishonch bilan qarayman. Oʻzbekiston xalqiga ezgu niyatlarimni yoʻllayman.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?