Jomboy tumanida xalq taʼlimini rivojlantirish uchun umuman mablagʻ sarflanmagan

16:39 28 Avgust 2019 Jamiyat
91 0

Joriy yilda umumiy oʻrta taʼlim maktablarini joriy taʼmirlashga jami 24,4 milliard soʻm shundan, mahalliy byudjetdan 20,4 milliard soʻm, homiylardan 2,5 milliard soʻm va byudjetdan tashqari topilgan mablagʻlar hisobidan 1,5 milliard soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilgan. Bu haqda Zarnews.uz xabar berdi.

Shahar va tumanlar mahalliy byudjetining 1 va 2-chorakda byudjet tushumlarini orttirib bajarilgan qismidan xalq taʼlimi sohasini rivojlantirishga 7 milliard 170,6 million soʻm mablagʻ ajratilgan.

Bu borada eng koʻp mablagʻ Narpay va Oqdaryo tumanlarida ekanligini koʻrish mumkin. Jumladan, ushbu tumanlarda mos ravishda 1 milliard 205,9 million va 725,1 million soʻm mablagʻ xalq taʼlimini rivojlantirish uchun sarflangan.

Pastdargʻom va Urgut tumanlarida eng kam koʻrsatkich qayd etilgan – 100 va 198,7 million soʻm. Jomboy tumanida esa yilning oʻtgan olti oyi davomida xalq taʼlimini rivojlantirish uchun bir soʻm ham mablagʻ ajratilmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?