Jo Bayden nima uning saylovdagi gʻalabasiga halal berishini maʼlum qildi

22:48 11 Oktyabr 2020 Dunyo
282 0

Saylovlarda demokratlarning magʻlubiyatiga faqat firibgarlik sabab boʻlishi mumkin.

Xuddi shunday fikrni Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden aytib oʻtdi.

“Albatta ovoz bering, chunki bizni gʻalabamizga halal berishi mumkin boʻlgan yagona holat — bu saylov uchastkalaridagi firibgarlikdir”, degan u Pensilvaniyada boʻlib oʻtgan saylovchilar bilan bilan uchrashuvda.

Bayden avvalroq uning raqibi, AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp ovoz berishda “firibgar” qilib, saylovdagi gʻalabani “oʻgʻirlash”ga urinishini maʼlum qilgan edi.

AQSHda prezident saylovi 2020-yilning 3-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?