Jizzaxdagi avtohalokat haydovchi o‘limiga sabab bo‘ldi

10:01 02 Iyul 2018 Jamiyat
1016 0

30 iyun kuni Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Manbada qayd etilishicha, Paxtakor tumanida yashovchi D.U. “Neksiya” rusumli avtomashinasini Sh.Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi “Jizzax-Paxtakor-Gagarin” avtomobil yo‘lining 30-km.da haydab ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan fuqaro N.P. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada D.U. boshqaruvidagi avtomashinaning ikki nafar yo‘lovchilari va haydovchi N.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay N.P. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?