Yuk avtomobillari toʻqnashib ketdi. Yoʻlovchilardan biri vafot etdi

09:57 04 Sentyabr 2020 Jamiyat
219 0

Joriy yilning 3-sentyabr kuni soat 18:30 larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar hududidan oʻtuvchi 4R38 «Uchtepa-Jizzax-Baxmalsoy» avtomobil yoʻlining 31-kilometrida haydovchi 1991-yilda tugʻilgan E.H. “Foton” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, shu yoʻnalishda, oʻzidan oldinda, yoʻl chetida toʻxtab turgan haydovchi, 1954-yilda tugʻilgan Sh.P. boshqaruvidagi “Kamaz-53212” rusumli yuk avtomobilining tirkamasiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Foton” rusumli yuk avtomobili yoʻlovchisi, 33 yoshli J.I. ogʻir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Ushbu yuk avtomobili yoʻlovchisi 30 yoshli K.I. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?